23:44 / 12.04.2018
22507

MRB rahbari bir necha hafta ilgari Suriyada yuzlab rossiyaliklar o‘ldirilganini eslatdi

Foto: Leah Millis / Reuters

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Mayk Pompeo ma'lum qildiki, bir necha hafta ilgari Suriyada «bir necha yuz rossiyalik o‘ldirilgan». Uning so‘zlari AFP tomonidan keltirilgan.

Bu haqda u o‘z nomzodi Davlat departamenti rahbarligi uchun ilgari surilgan Senat yig‘ilishida bayon qilgan.

«Bir necha hafta ilgari Suriyada rossiyaliklar munosib raqibga duch kelishdi va ulardan bir necha yuz kishi halok bo‘ldi», — degan Pompeo.

Pompeo qaysi voqea haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmagan. Ko‘p ehtimol bilan u fevral oyida Suriyada amerikaliklarning aviazarbasi oqibatida halok bo‘lgan rossiyalik yollanma askarlarni nazarda tutgan.

7-8 fevral kunlarida Deyr-az-Zorda Suriya hukumati tarafida urushayotgan kuchlar AQSh boshchiligidagi koalitsiya tomonidan artilleriya va aviatsiya tomonidan hujumga uchragandi. O‘shanda rossiyalik oligarx Yevgeniya Prigojin tomonidan moliyalashtirilishi aytiladigan «Vagner guruhi», IShID ovchilari guruhi, shuningdek, boshqa iroqlik, eronlik va afg‘onistonlik yollanma harbiylar kurdlar nazoratidagi «Konoko» neft maydonlariga hujum uyushtirgan va koalitsiya kuchlari tomonidan qarshi olingandi. Natijada, hujum qilganlarning yo‘qotishlari 200 nafargacha bo‘lgani aytilgandi. Bloomberg xabariga ko‘ra, halok bo‘lgan yollanma harbiylarning 100 nafari rossiyalik bo‘lgan.

Rossiya TIV bu ma'lumotlarni «klassik dezinformatsiya» deb atagandi.

Eslatib o‘tamiz, 13 mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Reks Tillersonni Davlat kotibi lavozimidan chetlatdi va uning o‘rniga MRB rahbari Mayk Pompeo nomzodini tavsiya qildi.

Mavzu
Suriyadagi urush
Suriyada 2011 yilda boshlangan fuqarolar urushi mamlakatni bir necha qismlarga bo‘lib tashlagan. Suriya hukumati, IShID, kurdlar va boshqa turli jangari guruhlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top