AQŞ sobiq davlat kotibi Mayk Pompeo Ukrainadagi eng yirik uyali aloqa operatorlaridan biri - «Kiyevstar» direktorlar kengaşi tarkibiga kiradi. Bu haqda operatorga egalik qiluvçi VEON kompaniyasi 14 noyabr, seşanba kuni ma’lum qildi.
VEON press-relizida aytilişiça, Pompeo Impact Investmens konsalting va investitsiya firmasi hamkori sifatida ijroçi bölmagan mustaqil direktor sifatida işlaydi, şirkat «AQŞda yangi taşkil etilgan bölib, turli soha va mintaqalarda dunyoning yetakçi kompaniyalari bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirişga intiladi, strategik va moliyaviy maslahat hamda investitsiyalarga aloqador».
«Kiyevstar» direktorlar kengaşiga kiritilgan uşbu özgarişlar VEON’ning Ukrainaga, şuningdek, mamlakatni tiklaş va qayta qurişga sodiqligini aks ettiradi», deyiladi bayonotda. Unda ta’kidlanişiça, VEON Invest in Ukraine NOW! («Ukrainaga hozir investitsiya kiriting!») nomli aksiyani boşlagan va uç yil davomida mamlakatga 600 million AQŞ dollari sarmoya kiritiş majburiyatini olgan.
Pompeo oxirgi marta Kiyevga aprel oyida taşrif buyurgan
Mayk Pompeo 2018 yildan 2021 yilgaça, Donald Tramp AQŞ prezidenti bölgan davrda davlat kotibi lavozimida işlagan. Ilgari u Markaziy razvedka boşqarmasi direktori edi.
2020 yilda Pompeo amaliy taşrifi doirasida AQŞ davlat kotibi sifatida Ukrainaga borgan. Taşrif çoğida u Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokaralar ötkazdi va Zelenskiy mamlakat hududiy yaxlitligini qöllab-quvvatlagani uçun unga minnatdorçilik bildirdi. Iste’foga çiqqanidan söng - 2023 yil aprel oyida - Pompeo Amerika delegatsiyasi boşçiligida yana Kiyevga keldi va Zelenskiy bilan uçraşdi.













