Prezidentning tadbirkorlarga bir qancha yengilliklar berilgan farmoni imzolandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Unda tadbirkorlar uchun bir qancha imtiyoz va yengilliklar nazarda tutilgan.
Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish vositalari tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va realizatsiya qilinadigan tovarlar, bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlarning inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizligini, uning qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, davlat xavfsizligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida faqat normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar asosida joriy etiladi. Bunday hujjat hisoblanmagan hujjatlarda belgilangan tartibga solish vositalari huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.
Shuningdek, 2023 yil 1 yanvardan quyidagilar bekor qilinadi:
- tadbirkorlik sub’yektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va ommaviy axborot vositalarida bu haqida e’lon berish;
- yangi import avtomobillarini sotish faqat yuridik shaxslar – ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan amalga oshirilishi;
- elektr energiyasini elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan hajmlardan (oylik shartnomaviy miqdordan) ortiqcha iste’mol qilgan yuridik shaxslarga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish;
- yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlarni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga olish orqali davlat soliq xizmati organlarida alohida hisobga qo‘yish.
Bundan tashqari, 2023 yil 1 martdan soliq to‘lovchilarga soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlari ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 14:22
-
O‘zbekiston Britaniya bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston | 13:44
-
YeI Kiyevga RF aktivlaridan tushgan foydadan mudofaa uchun 2 mlrd yevro ajratdi
Jahon | 13:36
-
O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Iqtisodiyot | 13:25
Mavzuga oid

16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda

14:06 / 03.05.2025
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi

16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi

14:26 / 29.04.2025