Yaşil zonalar, maktab, boğça hududlarining tadbirkorlik uçun berib yuborilayotgani – ançadan beri aholini qiynab kelayotgan muammolardan. Kun.uz suhbatlaşgan jamiyatşunos, şaharsoz hamda jamoatçilik faoli ayni tendensiyadan xavotirda. Ularning aytişiça, bu şaharlarni qişloq darajasiga tuşişiga, odamlarning xulq-atvorida salbiy aksini topişiga sabab böladi. Joylarda tabaqalaniş ortib, aholining ijtimoiy kayfiyatida buziliş yuzaga keladi. Ular davlat ijtimoiy sohada asosiy buyurtmaçi bölişi lozimligini ta’kidlaşmoqda.

Kuni keça prezident boşçiligida ötgan selektor yiğilişida yaşil hududlarning boşqa maqsadlar uçun tadbirkorlarga berib yuborilayotgani qattiq tanqid qilindi. Oxirgi paytlarda inson sifatiga xizmat qiluvçi ijtimoiy obektlar, jamoatçilik ne’matlarining biznes sektoriga sotib yuborilayotgani tarmoqlarda ham köp muhokamalarga sabab bölayotgandi.

Xöş, bunday tendensiyaning davom etişi qanday muammolarni yaratadi? Özi bu qaçondan paydo böldi? Va bunday obektlarning şahardan kamayişi şahar qiyofasiga qanday ta’sir qiladi?

Kun.uz ayni mavzu atrofidagi savollarga javob oliş uçun bir qança ekspertlar bilan suhbatlaşdi. Unda jamiyatşunos, etnopsixolog Mahmud Yöldoşev, jamoatçilik faoli Alişer Nasimov hamda şaharsoz, urbanist Iskandar Soliyev iştirok etdi. Quyida intervyudan qisqa şarh keltiriladi.

“Har qanday şahar infratuzilmasi aholining xulqiga ta’sir qiladi” – jamiyatşunos

Dastlab Mahmud Yöldoşev hudud markazlari şahar ölaroq qanday rivojlanişini tuşuntirişga urindi. Uning aytişiça, infratuzilmada jamiyatning taraqqiyot qilişiga ijobiy ta’sir qiluvçi faktorlar köpaysa, ular sekin-sekin yiğiladi va joyni qişloqdan şahar darajasiga olib çiqadi.

“Agar biz bugungi kunda bor şaharlarimizning içidagi öşa infratuzilma, ya’ni şaharçilikni taşkil qiladigan kerakli nuqtalarni olib yöq qila boşlasak, demak, şahrimiz qişloq darajasiga qaytişi kerak. Qişloqlarda kerakli infratuzilma, kerakli tarmoqlarni rivoj qildira boşlasak, [u şaharga aylanadi]. Aytaylik, kattaroq qişloq, umumiy hammom yöq yoki çoyxona, boşqa dam oladigan joylar yöq. Bunday holatda u qişloq sifatida qoladi.

Keçqurun uyingizdan çiqib, qöşningiz bilan bir boğning çekkasiga borib, salqin havoda dam oliş imkoniyatlari bölsa, demak, bu markazga aylana boşlayapti. Sekin-sekin mana şunday joylar şaharga aylanadi”,