O‘zbekiston | 14:50 / 18.07.2024
5691
1 daqiqa o‘qiladi
Foto: Qirg‘iziston prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi.
Qarorgoh oldidagi maydonda davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif etdi. Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi.
Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushishdan so‘ng davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boshlandi.
Mavzuga oid
15:20 / 17.09.2024
O‘zbekiston prezidenti Germaniya biznesi yetakchilari bilan qo‘shma uchrashuvda ishtirok etdi
14:08 / 17.09.2024
Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Germaniya o‘rtasidagi amaliy sheriklikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi
12:59 / 17.09.2024
Mirziyoyev Germaniya bilan hamkorlikni rivojlantirishning asosiy 6 yo‘nalishini bayon etdi
10:40 / 17.09.2024