Mirziyoyev Germaniya bilan hamkorlikni rivojlantirişning asosiy 6 yönalişini bayon etdi
|17:59 / 17.09.202412 00112 min
Prezident Şavkat Mirziyoyev Ostona şahrida boşlangan Markaziy Osiyo davlatlari va Germaniya yetakçilarining ikkinçi uçraşuvida iştirok etmoqda. Özbekiston prezidenti matbuot xizmati uning “Markaziy Osiyo – Germaniya” ikkinçi sammitidagi nutqi matnini e’lon qildi.
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Sizlarni qutlaşdan çin dildan mamnunman.
Samimiy qabul va uçraşuvimizni yuksak darajada taşkil etgani uçun Qozoğiston prezidenti, hurmatli Qosim-Jömart Kemeleviç Töqayevga bildirilgan minnatdorlik sözlariga qöşilaman.
Germaniya Federal kansleri hurmatli Olaf Şols Janobi Oliylariga mintaqamiz mamlakatlari bilan köp qirrali şeriklikni kengaytiriş tarafdori ekanligi uçun taşakkur izhor qilaman.
Bizning Berlindagi ilk uçraşuvimiz va bugungi sammit aniq, amaliy natijalarga erişişga qaratilgan oçiq va konstruktiv muloqotimizni davom ettirişga bölgan umumiy intilişimizni yana bir bor tasdiqlamoqda.
Biz ilgari surilgan taşabbuslarni amalga oşiriş mexanizmlari işlab çiqiladigan bunday formatdagi uçraşuvlarni muntazam ötkazib borişdan manfaatdormiz.
Hurmatli Federal kansler janobi oliylari!
Biz Germaniyaning mamlakatlarimizda olib borilayotgan demokratik özgarişlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, Markaziy Osiyodagi hamkorlik va integratsiyani qat’iy hamda özgarmas qöllab-quvvatlaşini yuksak qadrlaymiz.
Şuni alohida ta’kidlaymanki, bizning munosabatlarimiz çuqur tarixiy ildizlarga ega. XVIII asrdayoq Yevropadagi Ma’rifatparvarlik davrining buyuk bastakori Gendel öz ijodining şoh asarlaridan biri bölgan “Amir Temur” operasini yaratgan. Buyuk şoir va faylasuf Gyote özining bir qator maşhur asarlarini sivilizatsiya markazlari bölgan qadimiy şaharlarimizga bağişlagan.
Yana bir tarixiy misolni keltiraman. XX asr boşida Markaziy Osiyoning bir guruh iste’dodli, taraqqiyparvar yoşlari Germaniyaning yetakçi universitetlarida tahsil olişgan va keyinçalik ma’rifatparvarlik ğoyalarini ilgari suriş, mintaqamiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga katta hissa qöşganlar.
Ta’kidlamoqçimanki, biz bugun Germaniyani barqaror rivojlaniş böyiça milliy maqsadlarga erişişda muhim hamkorlarimizdan biri sifatida köramiz.
Mavzuga oid
Sönggi yillarda Markaziy Osiyoda röy berayotgan çuqur, fundamental özgarişlar haqida qisqaça töxtalib ötmoqçiman.
Biz oçiq va samarali muloqotni yölga qöydik, çegara, suv, energetika, savdo, tranzit bilan boğliq köplab muammolarni mustaqil hal qilayapmiz.
Yaqinda bu yerda, Ostona şahrida mintaqa davlatlari rahbarlarining oltinçi uçraşuvini ötkazdik.
Mintaqaning xalqaro sub’yekt sifatidagi örni mustahkamlanmoqda, jahonning yetakçi mamlakatlari bilan “Markaziy Osiyo plyus” formatidagi hamkorligi kengaymoqda.
Mintaqa içidagi savdo aylanmasi, investitsiyalar, yuk taşuvlari, fuqarolarimizning sayyohlik taşriflari körsatkiçlari bir neça barobar ösdi.
Biz “yaşil” energetika va transport kommunikatsiyalarini rivojlantiriş sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni amalga oşirişni muhokama qilayapmiz.
Tajriba va texnologiyalarni almaşyapmiz, sanoat va qişloq xöjaligi sohalarida zamonaviy korxonalar taşkil etayapmiz, kooperatsiya loyihalarini rağbatlantiriş böyiça moliyaviy vositalarni joriy qilayapmiz.
Eng muhimi, mintaqamizning ertangi kuni, uning xavfsizligi va barqaror taraqqiyoti faqat bizning siyosiy irodamiz va sa’y-harakatlarimizga boğliq ekanini aniq tasavvur qilmoqdamiz.
Biz yevropalik şeriklarimiz, eng avvalo, Yevropa Ittifoqining mamlakatlarimiz bilan hamkorlik böyiça strategiya va köp tomonlama dasturlarining asosiy taşabbuskori bölgan Germaniyaning qiziqişlarini samimiy olqişlaymiz.
Kelgusi yili “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi navbatdagi sammitni Özbekistonda, uçraşuvimiz kun tartibidagi asosiy mavzuni mintaqa kelajagiga investitsiyalar deb belgilagan holda, ötkazişga tayyorgarlik körayapmiz.
Hurmatli hamkasblar!
Mojarolar va uruşlar, umuman, global miqyosdagi beqarorlik va vaziyat qaysi tomonga özgarişi noaniq bölib qolayotgani, sanksiyalar siyosati, proteksionizmning kuçayişi va boşqa köplab omillar mamlakatlarimizga haddan taşqari salbiy ta’sir körsatmoqda, milliy islohotlarimizni amalga oşirişda jiddiy sinovga aylanmoqda.
Keçagina hurmatli Olaf Şols janobi oliylari bilan Samarqanddagi muzokaralarimiz çoğida men bugungi uçraşuvimizdan kutayotgan yuksak natijalar haqida fikr almaşdim.
Şu munosabat bilan Markaziy Osiyoda Germaniya bilan hamkorlikni rivojlantirişning asosiy yönalişlari böyiça qaraşlarimizni bayon etişni istar edim.
Birinçi. Markaziy Osiyo va Germaniya örtasida örnatilgan mintaqa barqarorligi, barqaror rivojlanişi va farovonligini ta’minlaş böyiça umumiy manfaatlarimizga javob beradigan strategik mintaqaviy hamkorlikni yuksak qadrlaymiz.
Ustuvor sohalarda dasturiy tadbirlarni qamrab olgan uzoq muddatli Hamkorlikni rivojlantiriş konsepsiyasini qabul qilişni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Uşbu hujjatni işlab çiqiş uçun “Markaziy Osiyo – Germaniya” tahliliy markazlari Forumini ta’sis etiş imkoniyatlarini körib çiqişni taklif qilamiz.
Uning birinçi yiğilişini kelgusi yili mintaqadagi qadimiy şaharlardan biri, nemis-mennonitlarining katta jamoasi yaşagan Xivada ötkazişga tayyormiz.
Sammitlarimiz kun tartiblarini tayyorlaşda mamlakatlarimiz taşqi siyosat idoralari rahbarlarining yillik uçraşuvlari muhim rol öynaydi, deb hisoblaymiz.
Ikkinçi. Germaniyaning yetakçi kompaniyalari bilan investitsion va texnologik şeriklik.
Ta’kidlaş örinliki, Özbekistonda nemis kompaniyalari iştirokida amalga oşirilgan va istiqbolli loyihalar umumiy portfeli 20 milliard yevrodan oşmoqda. Ular energetika, kimyo, toğ-kon sanoati, maşinasozlik, töqimaçilik, oziq-ovqat sanoati, qişloq xöjaligi, transport va logistika, quriliş materiallari işlab çiqariş yönalişlarini qamrab oladi.
Şeriklarimiz orasida – Germaniyaning yetakçi, jumladan, “Simens”, “Linde”, “BASF”, “MAN”, “Klaas”, “Xenkel”, “Knauf” va boşqa köplab kompaniyalari sönggi bir neça yilda Özbekiston iqtisodiyotiga 6 milliard yevro sarmoya kiritdi.
Bugun bizda nemis biznesi vakillari bilan istiqbolli rejalarni muhokama qiliş imkoniyati bor.
Işbilarmonlar hamkorligini rivojlantiriş maqsadida quyidagilarni taklif etaman: Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya sarmoyaviy va texnologik hamkorligini kengaytirişning yöl xaritasini işlab çiqiş; çegara hududlarida yaratilayotgan alohida iqtisodiy va sanoat zonalaridagi hamda mintaqaviy ahamiyatga ega yirik infratuzilma loyihalarni amalga oşirişga yetakçi nemis kompaniyalari va banklarini jalb etiş; doimiy biznes-muloqot maydonçasi – “Markaziy Osiyo va Germaniya” investor va tadbirkorlari kengaşini işga tuşiriş. Uning birinçi uçraşuvini kelgusi yili Toşkent investitsiya forumi doirasida Özbekistonda ötkazişga tayyormiz; investitsiyalarni rağbatlantiriş va himoya qiliş töğrisidagi köp tomonlama hukumatlararo bitimni qabul qiliş imkoniyatini körib çiqiş.
Uçinçi. Germaniyaning ilğor bilim va texnologiyalarini joriy etiş asosida muhim xom-aşyo resurslari sohasida şeriklik.
Avval ham qayd etganimizdek, mintaqamiz foydali qazilmalarga boy. Germaniya mineral resurslar agentligi va nemis kompaniyalari bu sohada bizning muhim şeriklarimiz bölişi mumkin.
Bu örinda gap geologiya razvedkasi, jadal özlaştiriş, qayta işlaş, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş, Germaniya va Yevropa Ittifoqining boşqa mamlakatlariga yetkazib beriş loyihalari haqida bormoqda.
Özbekiston qöşni mamlakatlardagi bunday loyihalarni birgalikda amalga oşirişda iştirok etişga tayyor.
Mintaqamizda muhim xomaşyo va nodir yer osti metallari aniqlangan konlarining raqamli kartasini yaratiş böyiça dasturni işlab çiqişda Germaniya texnik kömagini jalb etiş istiqbollidir. Bunday hamkorlikning işonçli huquqiy bazasini şakllantiriş muhim deb hisoblaymiz.
Törtinçi. “Yaşil” energetika.
Sönggi yillarda mamlakatlarimizda quyoş, şamol, gidroenergetika faol rivojlanmoqda, issiqlik stansiyalari va tarmoqlari modernizatsiya qilinmoqda, “yaşil” vodorod loyihalari ilgari surilmoqda.
Energetika vazirliklari, korporatsiyalar, operatorlar, ilmiy taşkilotlar, loyiha institutlari va tarmoq ekspertlarini jalb etgan holda Markaziy Osiyo mamlakatlarining Germaniya bilan Energetik muloqotini yölga qöyiş imkoniyatlarini körib çiqişni taklif etamiz.
Biz Germaniya texnik kömagini jalb etgan holda kam uglerodli iqtisodiyot sohasida mutaxassislarimiz salohiyatini oşiriş kompleks dasturini tayyorlaşdan manfaatdormiz.
Beşinçi. Iqlim özgarişlariga birgalikda javob qaytariş.
Ekspertlar prognoziga köra, Markaziy Osiyo mintaqasi global isiş oqibatlariga nihoyatda boğliq bölib qolmoqda. Örtaça haroratning oşişi jahondagi örtaça körsatkiçdan ikki barobar köproq bölmoqda.
“Yaşil Markaziy Osiyo” dasturlari ikkinçi doirasi işga tuşirilgani va iqlim özgarişlariga mintaqaning moslaşuviga kömak uçun nemis tomoniga minnatdorlik bildiraman.
Biz Atrof muhim va iqlim özgarişlarini örganiş böyiça Markaziy Osiyo universiteti bazasida qöşma ta’lim dasturlari va ilmiy almaşuvlarni amalga oşirişdan, suvdan oqilona foydalanişda nemis texnologiyalarini joriy etiş, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qiliş, bioxilma-xillikni saqlaş, mutaxassis-ekologlarni tayyorlaşda hamkorlik dasturlarini qabul qilişdan manfaatdormiz.
Germaniya Kanslerining Markaziy Osiyo tabiat hamkorligini yaratiş böyiça taşabbusini amalga oşirişda faol iştirok etişga tayyormiz va qöllab-quvvatlaymiz.
Oltinçi. Transport kommunikatsiyalarining, jumladan, yer usti va havo taşuvlarining zaif rivojlanganligi şerikligimizni çuqurlaştirişda eng katta tösiq bölmoqda.
Markaziy Osiyoni Yevropa bilan boğlovçi muqobil transport yölaklarini rivojlantirişga Yevropa institutlarini jalb etişda Germaniya kömagiga tayanamiz.
Kelgusi yili uşbu yönalişlar tranzit salohiyatini oşiriş yöllarini izlaş böyiça vazirlar qöşma konferensiyasini ötkazişni taklif etamiz.
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Ötgan yili Berlin yangi muzeyida mintaqamiz madaniy-tarixiy merosiga bağişlab ötkazilgan körgazma bunday tadbirlarni doimiy taşkil etiş zarurligini yana bir bor tasdiqladi.
Körgazmaga bir neça oy davomida milliondan ortiq Germaniya poytaxti aholisi va mehmonlari taşrif buyurdi.
Biz mamlakatlarimizda Madaniy tadbirlar qöşma rejasi qabul qilinişi tarafdorimiz, Germaniyaning yirik şaharlarida san’at va kino kunlari ötkaziş imkoniyatlarini körib çiqişni va muzey fondlari hamkorligini örnatişni taklif etamiz.
Ilmiy-ma’rifiy almaşuvlar sohasida yetakçi oliygohlar şerikligi uçun platformani işga tuşiriş, Gyote instituti va Germaniyaning boşqa taşkilotlari nemis tili öqituvçilarini tayyorlaş böyiça dasturlar işlab çiqiş muhim, deb hisoblaymiz.
Şu yozda Gyottingen şahrida ötgan Butunjahon olimpiadasida özbekistonlik maktab öquvçilarining ğalaba qozongani ham yoşlarimizning nemis tilini örganişga bölgan yuksak qiziqişiga yorqin misoldir.
Sayyohlik va mehnat migratsiyasi sohasida keng kölamli hamkorlikni rivojlantiriş fuqarolarimiz uçun viza tartiblarini yengillaştirişga xizmat qiladi.
Hurmatli hamkasblar!
Terrorizm va ekstremizm, kiberjinoyatçilikka qarşi kuraş, yoşlarning radikallaşuvining oldini oliş böyiça yaqin hamkorlikni davom ettiriş muhim, deb hisoblaymiz.
Markaziy Osiyodagi xavfsizlik sohasidagi vaziyat Afğonistonda röy berayotgan jarayonlar bilan uzviy boğliqdir.
Öz muammolari bilan deyarli yakka özi qolgan uşbu mamlakatda gumanitar inqirozning çuqurlaşib ketişiga yöl qöymaslik muhim, deb hisoblaymiz.
Şu munosabat bilan Germaniya va Yevropadagi boşqa şeriklarimiz bilan uşbu mamlakatni mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikka jalb etiş, Termizdagi ta’lim markazida kadrlar, jumladan, xotin-qizlarni, Afğoniston tinç hayoti uçun zarur bölgan mutaxassislarni tayyorlaş yönalişlarida qöşma loyihalarni amalga oşirişga tayyormiz.
Sözimning nihoyasida şuni alohida ta’kidlamoqçiman, Özbekiston Markaziy Osiyo mintaqasi bilan Germaniya köp qirrali hamkorlik salohiyatini yanada töliqroq röyobga çiqarişdan manfaatdordir.
Işonçim komil, bugungi uçraşuvimiz mamlakat va xalqlarimizni yanada yaqinlaştirişga xizmat qiladi, strategik şerikligimizni aniq loyiha va dasturlar bilan töldirişga imkon beradi.