Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 17 sentabr kuni Ostona şahrida ikkinçi «Markaziy Osiyo - Germaniya» sammitida iştirok etdi.

Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev raisligida ötgan tadbirda Germaniya federal kansleri Olaf Şols, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnaşdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş masalalari körib çiqildi. Investitsiya va texnologiyalar, öta muhim xomaşyo resurslari, «yaşil» energetika, transport va logistika aloqalari, iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş sohalarida şeriklikni rivojlantiriş, şuningdek, ta’lim va madaniy dasturlarni amalga oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Özbekiston prezidenti öz nutqida Germaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida olib borilayotgan demokratik özgarişlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, mintaqadagi hamkorlik va integratsiyani qat’iy hamda özgarmas qöllab-quvvatlayotganini yuqori baholadi.

- Bizning Berlindagi ilk uçraşuvimiz va bugungi sammit aniq, amaliy natijalarga erişişga qaratilgan oçiq va konstruktiv muloqotimizni davom ettirişga bölgan umumiy intilişimizni yana bir bor tasdiqlamoqda, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari Germaniya bilan munosbatlar çuqur tarixiy ildizlarga ega ekani, Markaziy Osiyoda barqaror rivojlaniş maqsadlarini ta’minlaşda Federativ Respublikaning muhim örnini alohida ta’kidladi. Sönggi yillarda mintaqada yuz bergan çuqur özgarişlar özaro manfaatli hamkorlikni jadal rivojlantirişga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Özbekiston prezidenti Markaziy Osiyoning Germaniya bilan har tomonlama hamkorligini yanada rivojlantiriş maqsadida bir qator yangi taşabbus va takliflarni ilgari surdi.

Avvalo, Özbekiston rahbari Markaziy Osiyo va Germaniya örtasida strategik mintaqaviy şeriklik örnatilganini yuqori baholab, ustuvor yönalişlarda dasturiy tadbirlarni qamrab olgan uzoq muddatli Hamkorlikni rivojlantiriş konsepsiyasini qabul qilişni taklif etdi.

Uşbu hujjatni işlab çiqiş uçun «Markaziy Osiyo - Germaniya» tahliliy markazlari forumini ta’sis etiş va uning birinçi uçraşuvini kelgusi yili Xivada ötkaziş zarurligi ta’kidlandi.

Sammitlar kun tartibini tayyorlaşda mamlakatlarimiz taşqi siyosat idoralari rahbarlarining yillik uçraşuvlari muhim rol öynaşi qayd etildi.