Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent filialiga lingofon xonasi sovg‘a qilindi

Foto: MDXMI
17 noyabr — Xalqaro talabalar kuni arafasida Shodiyev Xalqaro jamg‘armasi (ICF) tomonidan Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent filialiga lingofon xonasi sovg‘a qilindi. Bu haqda jamg‘arma matbuot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, mazkur xona talabalarga chet tillarini o‘rgatishda eng so‘nggi texnologiyalardan foydalanish imkonini beradi.
Qayd etilishicha, keng funksional imkoniyatlarga ega bo‘lgan, yangi va qulay ta’lim makoni ingliz, fransuz, nemis, o‘zbek va rus tillarini o‘rganayotgan talabalarga til o‘rganish bo‘yicha xaqiqiy muhitda o‘qish va bu jarayonni qiziqarli va samarali qilish imkonini beradi.
Jamg‘arma matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, OTMga bundan avvalroq berilgan sovg‘alar ichida ICF xarid qilgan transport texnik jihozlar ham bor.
«Talabalarni qo‘llab-quvvatlagan holda Shodiyev Xalqaro jamg‘armasi shuningdek, shaxsiy stipendiya va grantlar ham taqdim etadi. Bu stipendiya va grantlar MDXMI Toshkent filialida bakalavriat dasturlarida ta’lim olish xarajatlarini to‘liq qoplaydi. Stipendiya va grantlar a’lo akademik o‘zlashtirishga ega bo‘lgan, ilmiy loyiha, turli tanlov va musobaqalarda g‘olib bo‘lgan talabalarga beriladi», — deyiladi xabarda.
Jamg‘arma rahbari Fattoh Shodiyevning so‘zlariga ko‘ra, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning aqliy salohiyatini rivojlantirish eng ustuvor maqsadlardan biri hisoblanadi.
«Shuning uchun turli ta’lim, tadqiqot, xayriya loyihalari orqali biz faol hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan iqtidorli yoshlarni o‘z kelajagi va o‘z mamlakatining kelajagi yo‘lida salohiyatini ishga solishi uchun qo‘llab-quvvatlaymiz va shunday davom etamiz», — deya qo‘shimcha qiladi ICF asoschisi.
Ma’lumot uchun, Shodiyev Xalqaro jamg‘armasi va MDXMIning Toshkentdagi birinchi va yagona xorij filiali o‘rtasida 2021 yil aprel oyida 2025 yilgacha mo‘ljallangan Hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kiyev yana bir F-16 qulagani va uchuvchi halok bo‘lganini tasdiqladi
Jahon | 18:08
-
Tojikistonda zilzila vaqtida uch yoshli bola halok bo‘ldi
Jahon | 17:43
-
Amerikada yakkahukmronlik: demokratlar shunchalik zaifmi?
Jahon | 17:24
-
Tramp yil davomida 1 mln migrantni AQShdan deporatatsiya qilishni rejalashtirmoqda - WP
Jahon | 17:17