Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish vaziri o‘rinbosari: 15 apreldan xonadonlar “korobka” holatida qabul qilinmaydi
2021 yil 15 apreldan O‘zbekistonda qurilayotgan uylar “korobka” holida sotilmaydi. Bu haqda qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov AOKAda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Vazir o‘rinbosari bunday qarorga kelishga sabab sifatida qurilish tashkilotlari "korobka" holatidagi uyning devorosti maydonlarini ham xonadon maydoniga qo‘shib yuborayotganligini ko‘rsatdi.
“Endilikda, uy xonadonlarining devorlari va barcha kommunikatsiya tizimlari o‘tkazilgan bo‘lsagina foydalanishga qabul qilinadi” – deydi Sh.Hidoyatov.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra, yangi qurilayotgan uylarni xaridorlarga yashash uchun tayyor ta'mirli holatda yoki “korobka” holida sotishga taqiq mavjud emas.
Mavzuga oid
22:24 / 06.03.2026
Bosh reja o‘zgardi, ayrim hududlarda binolarning qavati oshirildi, bunga qanday ehtiyoj bor edi? – rasmiylar javob berdi
13:31 / 20.02.2026
Islomobodda “Bobur bog‘i” barpo etish masalalari muhokama qilindi
20:59 / 29.12.2025
Oxirgi yetti yilda 38 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar noqonuniy qurilgan
12:35 / 20.12.2025