O‘zbekiston | 08:28 / 04.06.2024
2653
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda «Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi» dasturi yo‘lga qo‘yiladi

Endi xususiy klinikalarning xalqaro standart olish xarajatlari qoplanadi, ularda davolangan chet elliklar uchun QQS qaytariladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekistondagi 86 ta sanatoriy va tibbiy muassasalarda o‘tgan yili 60 mingdan ziyod xorijiy turist davolandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkichni yanada oshirish mumkin.

Oxirgi besh yilda xususiy klinikalar karrasiga ko‘paygani bilan atigi 2 tasi xalqaro sertifikat olgan. Oqibatda chet eldan davolanishga kelganlar ulushi pastligicha qolmoqda.

Tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizmini uyg‘unlikda rivojlantirish bo‘yicha yaxlit yondashuv yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bois ilg‘or xorijiy tajriba asosida “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” dasturi boshlanishi e’lon qilindi.

Endilikda xususiy klinikalarning xalqaro standart olish, xorijiy ko‘rgazmada qatnashish xarajatlari budjetdan qoplanadi. Klinikalarga kelgan chet elliklar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytariladi.

Mavzuga oid