Voqea qanday böldi?
4 iyun kuni milliy tibbiyot imtihoni natijalari e’lon qilingaç, 67 nomzod maksimal 720 ball olgani ma’lum böldi. Milliy tibbiyot imtihoni joriy qilingan 2016 yildan beri bunaqasi ilk marta kuzatilişi. Şu paytgaça har yili 1-3 va hatto ayrim yillari bororta ham talaba yuqori ballni qölga kirita olmay kelar edi.

Bu yil 650-680 kabi yuqori ball olganlar soni ham oşib ketdi va tibbiyot oliygohlariga kirişdagi raqobat ham kuçaydi. Bu abituriyent va ota-onalar noroziligiga sabab böldi. Ular imtihon ötkazişda xatolik bölganini aytib, buni aniqlaş uçun suriştiruv ötkazişni talab qilişyapti. Biroq MTA ayblovlarni rad etib, bu yil köp talaba imtihon topşirgani uçun ham ballar kötarilib ketgan degan bayonot bergan. Şuningdek, 1563 nafar nomzodga imtihon markazlaridagi keçikişlar va fizika savolida ikkita töğri javob bölgani uçun “imtiyozli ball” berilgani ma’lum qilingan. 67 nafar yuqori ball töplaganlarning 50 nafari aynan şu imtiyoz sababli eng yuqori ballga ega bölgan.

13 iyun kuni Hindiston oliy sudi norozilar köpligi uçun qöşib berilgan imtiyoz baholarini bekor qildi. Oliy sud imtiyozli ball olgan talabalarning qayta test topşirişini söragan va bu 23 iyun kuni ötkazilişi rejalaştirilgan. Ammo namoyişçilar sud qarori ular kötargan kattaroq muammolarni, masalan, savollar sizdirilişi, firibgarlik va tizimli korrupsiya kabi ayblovlarni körib çiqmayotganidan norozi.
Milliy tibbiyot imtihoni nima?
Milliy muvofiqlik testi (bakalavriat) hindistonliklar uçun tibbiyot oliygohlariga kirişda köprik vazifasini bajaradi. U mamlakatdagi eng yirik imtihonlarni ötkazuvçi davlat taşkiloti Milliy test agentligi (MTA) tomonidan ötkaziladi.
Bu testni har yili millionlab talabalar topşiradi, biroq kam qismigina oliygohga kiriş uçun yetarli ball yiğa oladi. Bu yil esa köp nomzodlar juda yuqori ballarni qölga kiritgan. Bu esa yuqori ball olgan boşqa nomzodlarning tibbiyot oliygohlariga kirişini qiyin qilib qöydi. Imtihon natijalari e’lon qilingaç, nomzodlar va ota-onalar testni qayta ötkazişni talab qilişni boşladi. Sudlar önlab arizalar bilan töldi.
Milliy test agentligi test varaqalari çiqib ketgani haqidagi ayblovni rad etdi. Federal ta’lim vaziri Dharmendra Pradhan esa ba’zi test markazlarida ayrim tartibsizliklar bölganini tan oldi.

















