Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston ekoturistik zonalarida yagona birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi joriy etiladi
Sog‘liqni saqlash vazirligining «Ekohududlarda turistlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida»gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.
Ekohududlarda turistlarga sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi omillar ta’siriga tushib qolgan damlarda tez tibbiy yordam kelguniga qadar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tartibi tasdiqlanmoqda.
Ushbu buyruq tasdiqlangandan so‘ng O‘zbekiston hududida joylashgan ekoturistik zonalarda yagona birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi joriy etiladi.
Buyruq loyihasida ilova qilingan tartibda birinchi tibbiy yordam tasniflari, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ketma-ketliklari, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tish kerak bo‘lgan xodimlar kiritilgan bo‘lib, turistlarga tez tibbiy yordam kelgunga qadar birinchi tibbiy yordam olish imkoniyatini yanada oshiradi.
Shuningdek, loyiha O‘zbekiston hududida joylashgan ekoturistik zonalarda ishlaydigan xodimlarning tez tibbiy yordam kelgunga qadar samarali tibbiy yordam berib, turistik zonaga kelgan mehmonlarning hayotini saqlab qolishini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
11:42 / 11.12.2025
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlar tashkil etiladi
19:21 / 09.11.2025
Prezident farmoni bilan bir guruh tibbiyot xodimlari mukofotlandi
12:52 / 08.11.2025
Xususiy tibbiyotning ulushi mamlakatda 30 foizga yetdi
18:55 / 04.11.2025