O‘zbekistonda qator shaharchalarga «yo‘ldosh-shaharlar» maqomi beriladi
2020-2025 yillarda yo‘ldosh shaharlarni rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda yo‘ldosh shaharlarni rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi yirik shaharlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib va ulardagi yuqori demografik holat sabab yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarga shaharsozlik hamda urbanizatsiya tamoyillari asosida zamonaviy yechimlarni shakllantirish maqsadida saralab olingan:
- Andijon shahri uchun Shahrixon va Asaka shaharlari;
- Namangan shahri uchun To‘raqo‘rg‘on va Chortoq shaharlari;
- Farg‘ona shahri uchun Mindon shaharchasi;
- Samarqand shahri uchun Chelak va Urgut shaharlari;
- Buxoro shahri uchun Gala-Osiyo shahri;
- Qarshi shahri uchun Koson shahri va Xonobod shaharchasi;
- Nukus shahri uchun Xo‘jayli va Taxiatosh shaharchalariga “yo‘ldosh-shaharlar” maqomini beriladi.
O‘zbekiston Respublikasida “yo‘ldosh shaharlar”ni rivojlantirishning asosiy konseptual yo‘nalishlari tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasida 2020-2025 yillarda belgilangan “yo‘ldosh shaharlar”ni rivojlantirish yo‘nalishlari:
2020-2025 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahriga tutash bo‘lgan Xo‘jayli va Taxiatosh shaharlarga “yo‘ldosh-shahar” maqomini berish orqali rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;
2020-2025 yillarda Andijon viloyati Andijon shahriga tutash bo‘lgan Asaka va Shahrixon shaharlariga “yo‘ldosh-shahar” maqomini berish orqali rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;
2020-2025 yillarda Buxoro viloyati Buxoro shahriga tutash bo‘lgan Gala Osiyo shahriga “yo‘ldosh-shahar” maqomini berish orqali rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;
2020-2025 yillarda Namangan viloyati Namangan shahriga tutash bo‘lgan To‘raqo‘rg‘on va Chortoq shaharlariga “yo‘ldosh-shahar” maqomini berish orqali rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;
2020-2025 yillarda Samarqand viloyati Samarqand shahriga tutash bo‘lgan Chelak va Urgut shaharlariga “yo‘ldosh-shahar” maqomini berish orqali rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;
2020-2025 yillarda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahriga tutash bo‘lgan Mindonobod shaharchaga “yo‘ldosh-shahar” maqomini berish orqali rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;
2020-2025 yillarda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahriga tutash bo‘lgan Koson shahri va Xonobod shaharchasiga “yo‘ldosh-shahar” maqomini berish orqali rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.
Quyidagilar chora-tadbirlar dasturlarini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:
- yo‘ldosh shaharlarni rivojlantirish natijasida ularni birlashtiruvchi yirik shaharga bo‘lgan demografik yukni qisqartirish;
- yo‘ldosh shaharlardagi ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy va ma'rifiy sohalarni rivojlantirish orqali ulardagi aholining shaharlararo erkin harakatini intensivlashishiga erishish;
- yo‘ldosh shaharlarda yirik shahar bilan bog‘liq bo‘lgan va mustaqil rivojlanayotgan sanoat va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish;
- yangi ish o‘rinlarini yaratish;
- aholining turmush darajasini yangi sifat darajaga ko‘tarilishiga erishish;
- aholini uy-joyga bo‘lgan talabi asosida makro va mikro uy-joy massivlarini ijtimoiy va muhandislik infratuzilmalar bilan birgalikda barpo etilishini ta'minlash.
Mavzuga oid
08:44 / 06.06.2022
Parrandachilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgaradi
09:01 / 08.04.2022
«Olima ayollar jamiyati» nimalar bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi
07:51 / 26.03.2022
2021 yilda qurilishdagi baxsiz hodisalar oqibatida 84 nafar ishchi halok bo‘lgan
07:28 / 09.03.2022