Qaror loyihasini qabul qiliş zaruriyati quyidagilar bilan asoslangan:

birinçidan, 2023 yil 1 apreldan boşlab parrandaçilik mahsulotlarini işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik sub’yektlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş, subsidiyalar ajratiş va boşqa imtiyozlardan foydalaniş huquqi faqatgina “my.vetgov.uz” saytida röyxatdan ötgan hamda belgilangan tartibdagi mezonlarga mos keluvçi parrandaçilik xöjaliklariga beriladi;

ikkinçidan, “my.vetgov.uz” sayti parrandaçilik sohasidagi ma’lumotlarni tizimli tahlil qiliş uçun soliq xizmati, statistika, bojxona, veterinariya organlari va boşqa manfaatdor taşkilotlar axborot mahsullari bilan integratsiya qilinadi;

uçinçidan, mahalliy va import orqali zaxira qilingan buğdoyni sotib oliş uçun Özbekiston respublika tovar xomaşyo birjasidagi savdolarda faqat parrandaçilik xöjaliklari va parranda omixta yemi işlab çiqaruvçi tadbirkorlik sub’yektlari qatnaşişi belgilanadi;

törtinçidan, belgilangan tartibda va me’yorlarga muvofiq “my.vetgov.uz” saytida röyxatdan ötgan parrandaçilik xöjaliklari parranda boş soniga va parranda omixta yemi işlab çiqaruvçi tadbirkorlik sub’yektlari işlab çiqariş quvvatlariga mutanosib hajmlarda buğdoyni birja savdolari orqali sotib olişi mumkin böladi.

Bildirilişiça, qaror loyihasi qabul qilinişi orqali:

sohada ilmiy-texnik yondaşuvlar va axborot texnologiyasidan samarali foydalaniş yölga qöyiladi;

parrandaçilik xöjaliklari haqiqiy işlab çiqariş quvvatlarini, şuningdek, ozuqa yem mahsulotlariga bölgan ehtiyoji va subsidiyalar ajratiş miqdorini aniqlaş mezonlari joriy etiladi;

Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi tomonidan tijorat banklari tomonidan parrandaçilik va omixta yem mahsulotlari işlab çiqaruvçi tadbirkorlik sub’yektlariga muddati uzaytirilgan kreditlar böyiça kompensatsiya tölovlari mos ravişda qayta hisob-kitob qilinadi.