Vazirlar Mahkamasining «Olima ayollar jamiyati» faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi hamda Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, «Özbekiston ixtiroçi ayollari markazi» NNTning takliflari asosida nodavlat notijorat taşkiloti şaklida «Olima ayollar jamiyati» va uning hududiy bölinmalari tuziladi.
Quyidagilar jamiyat faoliyati asosiy yönalişlari etib belgilangan:
- ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda xotin-qizlarni ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasiga keng jalb etiş, ilmiy va innovatsion faoliyat bilan şuğullanişga iqtidori bölgan xotin-qizlarni aniqlaş, ular ijodiy, intellektual va ixtiroçilik qobiliyatlarini röyobga çiqarişga hamda startap loyihalarini amalga oşirişga kömaklaşiş;
- fan, texnologiya, injiniring, san’at, matematika (STEAM) va boşqa fan sohalarida xotin-qizlar ilmiy-ijodiy salohiyatini rivojlantiriş, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borişiga hamda natijalarini amaliyotga tatbiq etişiga kömaklaşiş, jamiyat iştirokçilarini ijtimoiy va moddiy qöllab-quvvatlaş, yoş olimalar safini kengaytiriş va olima ayollar kömagida «Ustoz-şogird» an’analarini yanada rivojlantirişda faol iştirok etiş;
- olima ayollarga oid yagona ma’lumotlar bazasini şakllantiriş va muntazam yangilab boriş, ular ilmiy faoliyatiga oid yutuqlarni ommalaştiriş va innovatsion ğoyalarini rivojlantirişni rağbatlantiriş, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi milliy va xalqaro tanlovlarda, xalqaro reytinglarda iştirokini tarğib qiliş va qöllab-quvvatlaş;
- jamiyat iştirokçilarining rivojlangan xorijiy mamlakatlar nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va işlab çiqariş korxonalarida malaka oşiriş hamda tajriba almaşişi imkoniyatlarini kengaytiriş va qöllab-quvvatlaş;
- xalqaro va mahalliy darajada e’tirof etilgan turdoş taşkilotlar, xorijiy tuzilmalar bilan yaqindan aloqalar örnatiş, ular olimlari va mutaxassislari iştirokida mahorat darslari, treninglar, şuningdek, dolzarb ilmiy-innovatsion yönalişlar böyiça konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar ötkaziş;
- xotin-qizlar ilmiy salohiyatini oşiriş, ilmiy tadqiqot natijalarini hayotga tatbiq etişga qaratilgan ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantiriş ustuvor yönalişlarini, ilmiy dasturlarini şakllantirişda normativ-huquqiy hujjatlarni işlab çiqiş.
Quyidagilar jamiyat faoliyatini moliyalaştiriş manbalari etib belgilanadi:












