O‘zbekiston | 11:48 / 15.09.2025
6069
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida harorat +20 darajagacha tushadi, tog‘larda qor yog‘ishi mumkin

O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati pasayishda davom etadi va hafta o‘rtasida kunduzi +20…+25 daraja atrofida bo‘ladi. Toshkent shahri va ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 19 sentabrdan salqin havo massasi yana chekina boshlaydi.

Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi Janubiy Qozog‘iston ustidagi yuqori siklon bilan bog‘liq bo‘lgan salqin va nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Dushanbaning birinchi yarmida Navoiy viloyati shimolida, kechga tomon, seshanba kechasi va ertalab Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 16 sentabr kuni kechqurundan 19 sentabr kuni ertalabgacha tanaffus bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda butun ish haftasi davomida tanaffus bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 16 sentabr kuni ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir kuchli yog‘adi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.

Havo harorati asta-sekin pasayadi va hafta o‘rtasiga kelib +20…+25 darajani tashkil etadi. 19 sentabrdan salqin havo massalari respublika hududidan chekina boshlaydi va harorat 23 darajaga ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 1318 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15 sentabrda kechqurun, 16 sentabrda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol shimoli-sharqdan 38 metr/soniya tezlikda esadi, 1012 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo harorati +27…+29 daraja bo‘ladi, 1618 sentabrda +20…+25 darajagacha pasayadi, 19 sentabrda +25…+27 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid