10:35 / 04.05.2018
7674

Janubiy Koreya O‘zbekistonda elektropoyezdlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘mak beradi

Foto: wikipedia

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 may kuni Koreya Respublikasining Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Son Yon Gil boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.​

Janubiy Koreya delegatsiyasi vakilining aytishicha, uchrashuvda o‘zaro tuzilgan loyihalarni o‘z vaqtida va to‘la bajarilishini ta'minlash masalasiga katta e'tibor qaratilgan.

"Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan O‘zbekistonda tezyurar elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish va ayni yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi Hyundai Rotem kompaniyasi bilan hamkorlik, bunday biznes doiralarining o‘rni yuzasidan fikrlashdik", deydi Son Yon Gil.

Ikki davlat vakillari O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.​

Top