Kamçxon turizm qişloği – Koreyadagi qoloq maskan qay tarzda sayyohlar köp boradigan göşaga aylandi? (Foto)
|20:34 / 07.04.202421 0008 min
Janubiy Koreyaning yirik şaharlaridan biri bölgan Pusan yaqinida bir qişloq bor. Yaqin yillargaça bu qişloq omma e’tiboridan çetda edi. Uylar öta tartibsiz ravişda qurilgan bu qişloqda asosan aholining kam daromadli qismi yaşardi. Biroq bundan bir neça yil avval qişloq birdaniga maşhur böldi. Öşandan buyon bu yerga har yili köplab sayyohlar kelmoqda.
Bugun Janubiy Koreya dunyoni nafaqat özining öta zamonaviy şaharlari va rivojlangan iqtisodiyoti bilan, balki tarixiy obektlari bilan ham lol qoldirmoqda.
Bu mamlakatda örta asrlardan buyon saqlanib kelayotgan tarixiy binolar va boşqa turli osori-atiqalar ham bor. Kyonbokkun muzeyi, Çangdeokgung saroyi, Korean Folk Village va Namsangol Hanok Village tarixiy qişloqlari va boşqa obektlar şular jumlasidan.
Bundan bir neça yil oldin Pusan şahri yaqinida joylaşgan Kamçxon qişloği ham birdaniga maşhur böldi. Şundan söng bu qişloqni tomoşa qiliş va u yerda tunab qoliş uçun sayyohlar oqib kela boşladi.
Xöş, unçalik tarixiy ahamiyatga ega bölmagan va qoloq qişloq bölgan Kamçxon maşhurlikka qanday erişdi? Quyida şu haqda gaplaşamiz.
blondeandbabe.com
Kamçxon tarixi
Kamçxon qişloği tarixi 1950 yilga borib taqaladi. Ikkinçi jahon uruşida Yaponiya mağlub bölgaç, uning mustamlakasi bölgan Koreya yarimorolida bir tomondan SSSR, ikkinçi tomondan AQŞ harakat boşlaydi. Ularning maqsadi yarimorolda öz ta’sir doirasi ostida davlat taşkil etiş edi.
Mamlakat şimoli SSSR yordamiga tayangan va Koreya yarimorolida sotsialistik davlat qurmoqçi bölganlar nazoratiga ötadi.
Janub esa AQŞdan yordam olayotgan va yarimorolda demokratik davlat tuzmoqçi bölgan kuçlar izmida qoladi. Har ikki tomon bir-biriga qarşi tarğibot olib boradi.
Bu orada şimolliklar Koreya xalq demokratik respublikasi nomi bilan sotsialistik davlat tuzişganini e’lon qilişadi. Janubda Koreya respublikasi taşkil etiladi.
1950 yilda şimolliklar SSSR yordamida Janubga hujum boşlaydi. Örtada uruş boşlanadi. Şimolliklar avvaliga yarimorolning asosiy qismini va janubliklar poytaxti Seulni egallaşadi. Faqat Pusan şahri ularning çangalidan qutulib qoladi.
Ana şunday vaziyatda BMT janubliklarga xalqaro darajada yordam körsatiş uçun maxsus rezolyutsiya qabul qiladi. Şundan söng janubliklarga yordam beriş uçun köplab davlatlar öz harbiylarini yuborişadi. Ular orasida hatto Turkiya ham bölgan.
Mavzuga oid
1950 yilda şimolliklarning janubşa hujumi
Öşa paytda şimolliklar janubdagi şahar va qişloqlarni egallar ekan odamlarning bir qismi ularning oyoği tegmagan hududlarga qoçardi.
Eng köp qoçoq şimolliklar egallay olmagan Pusan şahri yaqinidagi Saxa-gu tumaniga, Kamçxon deb nomlangan hududga köçib keladi. Şu tariqa bu yerda xaroba qişloq şakllanadi.
Köp ötmay şimolliklarning hujumi qaytariladi va ular tomonidan egallangan hududlar qaytarib olinadi. Şundan söng qoçoqlar öz uylariga qayta boşlaydi.
1953 yilda uruş tugaydi va Koreya yarimoroli örtasidan çegara tortiladi. Yarimorol şimoli KXDRga, janubiy qismi Koreya Respublikasiga tegadi.
Uruş tugaganidan söng qoçoqlar uylariga qaytar ekan, ularning bir qismi özlari örnaşgan joy – Pusan biqinidagi qişloqda yaşab qoladi. Kamçxon deb nomlangan bu qişloq adirlikda joylaşgandi.
1970-1980 yillarda Janubiy Koreya yuksak taraqqiyotga erişadi. Yirik şaharlar va qişloqlar qiyofasi özgarib zamonaviylaşadi. Biroq Kamçxon öşa holida qoladi.
Koreyada yer juda qimmat. Şu sababli bu qişloq ahli bir-biriga ziç holda uylarni qurib yaşayveradi. Oxir-oqibat qişloqda hovli qolmaydi va xonadonlar asosan bir va ikki qavatli uylardan iborat bölib qoladi.
Öşa paytlarda Kamçxondagi uylarni buziş va bu yerda osmonöpar binolar qurilişi masalasi ham bir neça marta kötariladi. Biroq xalq mulkini beayov talovçi sotsialistlardan farqli ravişda Janubiy Koreyada odamlarning mulki majburlab tortib olinmaydi.
Bu yerda barça işlar mulk egalarining roziligi bilan amalga oşiriladi. Öşa paytlarda garçi uylari juda xarob ahvolda bölsa ham, Kamçxondagi ayrim mulkdorlar öz uylariga juda baland narxlarni belgilaşadi. Boşqalari esa uyini sotişni istamaydi. Şu sababli qişloq örnida osmonöpar binolar quriş loyihasi amalga oşmaydi.
Kamçxon qişloği, 1960-yillarda
travel.qunar.com
Kamçxonning özgarişi va maşhur bölişi
Kamçxon uzoq yillar davomida yuksak taraqqiyotga erişgan Janubiy Koreyaning, osmonöpar binolar qurilgan obod Pusanning xarob holda qolgan qismi sifatida yaşab keladi.
Qişloq taraqqiyotdan çetda qolgan, bu yerda yaşovçilarning şaroiti oğir, infratuzilma haminqadar edi. 2000-yillarning oxiriga borib vaziyat birdan özgaradi.
Bunga Pusan şahar ma’muriyatining Kamçxonda joylaşgan uylarning taşqi körinişini yaxşilab, qişloqni asl holida saqlab qolişga qaror qilgani sabab böladi.
2009 yilda qişloq aholisi şahar ma’muriyatiga taşabbus bilan çiqadi va Kamçxonni “Madaniy qişloq”qa aylantiriş loyihasini taqdim etişadi. Loyiha Pusan şahar ma’muriyati va mamlakat madaniyat vazirligini befarq qoldirmaydi. Ma’muriyat va vazirlik loyihaga salmoqli miqdorda pul ajratişga qaror qiladi.
Şundan söng öşa mablağlar hisobidan qişloqdagi barça uylarning taşqi körinişi epaqaga keltiriladi va turli rangga böyaladi. Köpgina uylarning tomi çordoq körinişida yopilib, ular ham böyab çiqiladi.
livejournal.com
Ana şunda qişloqning körinişi ekzotik tus oladi va juda çiroyli körina boşlaydi. Tasavvur qiling, bir tomonda Pusanning osmonöpar binolari, sal narida esa bir-biriga ziç qurilgan uylar va tomlari turli ranglarda tovlanib turgan ğaroyib qişloq manzarasi.
Ana şu holatda qişloqning körinişi barçaning e’tiborini torta boşlaydi. Telekanallarda berilgan lavhalar bosma va elektron OAVda çop etilgan maqolalar tufayli qişloq Janubiy Koreyada juda maşhur göşaga aylanadi.
stock.adobe.com
Şundan söng qişloqni tomoşa qiliş uçun odamlar oqib kela boşlaydi. Bundan Kamçxon ahli ham manfaatdor böladi. Darrov qişloqda mehmon uylari, ovqatlaniş şoxobçalari taşkil etiladi.
Köp ötmay Kamçxon xorij davlatlarida ham maşhur böladi va Janubiy Koreyaga keladigan sayyohlar boradigan muhim manzillardan biriga aylanadi.
Hozirgi kunda Kamçxon Janubiy Koreyaga keladigan sayyohlarga boriş tavsiya etiladigan muhim joylardan biri hisoblanadi. Sönggi yillarda har kuni qişloqni tomoşa qiliş uçun bir neça minglab sayyohlar kelmoqda.
Qişloq aholisi dastlab işni mehmon uylari taşkil etişdan boşlagan bölsa, keyinçalik Kamçxonda koreys hunarmandçiligi vakillari öz ustaxonalarini, kiçik korxonalarini taşkil etişadi. Bundan taşqari, turli suvenirlar sotiladigan dökonlar oçiladi.
stock.adobe.com
Natijada qişloqni tomoşa qiliş uçun kelayotgan sayyohlar bu yerda qölda tayyorlanadigan buyumlarning tayyorlaniş jarayonini tomoşa qiliş va tayyor buyumlarni sotib oliş imkoniyatiga ega bölişadi.
Qişloq hududiga kiriş va uni tomoşa qilib çiqiş bepul. Sayyohlar faqat sotib olgan buyumlari va mabodo tunab qolişsa, mehmon uylari uçun pul tölaşadi.
Kamçxonda avtomobil harakatlana oladigan yöl faqat qişloq çetida joylaşgan. Qişloqning içida faqat tor yöllar bor va ularda piyoda aylaniş mumkin xolos.
livejournal.com
Kamçxon adirlikda joylaşgani uçun uylar past va baland qilib qurilgan. Şu sababli qişloq içidagi yölaklarning aksariyati zinalardan iborat.
Qişloq nomi inglizçada Gamcheon Culture Village deb nomlanadi va u butun dunyodagi aksariyat sayyohlik firmalarining yönalişlariga kiritilgan.
Janubiy koreyaliklar Kamçxon loyihasini amalga oşirib, butun dunyoga xarob qişloqlarni asl holiça saqlab qolib, sayyohlar uçun qiziqarli maskanga aylantiriş mumkinligini isbotlaşdi.