2023 yilgi davlat dasturiga oid farmon loyihasining 8-bandi ta’lim sohasiga taalluqli.

Unga köra, 2023 yil 1 apreldan boşlab, professional ta’lim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari mos ravişda umumiy örta ta’lim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga tenglaştiriladi.

Şu sanadan e’tiboran, professional ta’lim muassasasi birinçi va ikkinçi malaka toifasiga ega bölgan, malaka toifasiga ega bölmagan oliy ma’lumotli hamda oliy ma’lumotga ega bölmagan işlab çiqariş ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegişinça umumiy örta ta’lim muassasasi birinçi va ikkinçi malaka toifali öqituvçisi, oliy ma’lumotli öqituvçisi hamda örta maxsus ma’lumotli öqituvçisining bazaviy tarif stavkalariga tenglaştiriladi.

Professional ta’lim muassasasining yuqori natijalarga erişgan pedagog va işlab çiqariş ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga direktor jamğarmasi hisobidan har oylik 50 foizgaça ustama tölaş amaliyotini joriy etiladi.

Uşbu maqsadlarga joriy yilda 139 mlrd söm yönaltiriladi.

  • Avvalroq Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi 2023 yilda boğçalardagi pedagoglarning maoşlari umumta’lim maktab öqituvçilarining lavozim maoşlariga tenglaştirilişini e’lon qilgandi. Lekin bu yangilik davlat dasturi loyihasiga kiritilmagan.

Şuningdek, 2023 yil 1 sentabrdan boşlab har bir tuman (şahar)ning bittadan umumiy örta ta’lim muassasasida öquvçilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga örgatiş amaliyoti bosqiçma-bosqiç yölga qöyiladi.

Natijada, 76 ta maktabda fransuz tili, 76 tasida nemis, 37 tasida ingliz, 10 tasida koreys, 6 tasida xitoy va 3 tasida yapon tillari ikkinçi xorijiy til sifatida öqitiladi. Şuningdek, öquvçilar 10-sinfdan boşlab 64 ta işçi kasb, 21 ta sohada tadbirkorlikka, 10 ta IT va “kreativ industriya” yönalişidagi kasblarga örgatiladi. Uşbu jarayonga yoşlar yetakçilari va hududdagi taniqli tadbirkorlar jalb qilinadi.

2023/2024 öquv yilidan boşlab bosqiçma-bosqiç umumiy örta ta’lim muassasalarida