Bolaning erta yoşdan xorijiy tilli boğça va maktablarga beriş haqida özbek ota-onalarining fikri turli xil. Masalan, bir guruh ota-onalar bolasining savodi özbek tilida emas, nega xorijiy, jumladan, rus tilida çiqişini şunday izohladi.

“Rus tilini bilganlar köproq qadrlanadi”

Majid Sultonov, iqtisodçi

– Özim töliq özbek oilasi farzandiman. Ikki bolamni ham rus boğça va maktabga berganmiz. Çunki rus tilini rus maktabisiz örganiş juda qiyin, repetitor orqali örganiş oğriqli. Bu şaxsan özimning boşimdan ötgan. Baribir rus tilida xato va kamçilik bilan gapiraman va yozaman. Çunki özbek maktabida öqib, qişloqda katta bölganman. Xöş, nega rus tilini bilişi kerak deb öylayman? Çunki Özbekistonda aksariyat taşkilotlar rus tilini bilişni talab qiladi. Talab qilmasa, rus tilini bilganlarni köproq qadrlaydi. Bolalarni rus va ingliz tillarini bilişi yaxşi iş uçun ham muhim. Qolaversa, yangi bilimlarni ham örganadi. Men millatimni yaxşi köraman, Uyda urf-odatlarimiz, tilimiz, dinimizda mustahkam turib örgatamiz. Farzandlarimizning yutuği çet tillarini mukammal, yillar davomida qiynalmasdan örgangani böladi. Öz kasbini tanlaşida, şu kasb böyiça öqişi va işlaşida örgangan tilidagi adabiyot va materiallardan foydalanadi. Şu sohadagi mutaxassislar bilan töğridan töğri muloqot qiladi. Tarjimonlarsiz, erkin öqiydi va işlaydi.

“Özbek tili emas, köproq rus tili prioritetdek”

Rayyona Ismatova, öqituvçi

– Ikki öğlim rus boğça va maktabga boradi. Farzandlarimni rus tilida ta’lim olişini istaşimning bir neçta omillarni keltirişim mumkin.

Possovet davlatlarida, xususan, Özbekistonda ham rus tili davlat tilidan köra ança köp foydalaniladi. Hatto asosiy qonun hujjatlari “tepa”dan rus tilida tuşişi haqida köp davlat xizmatçilari aytib bergan. Şu jihatdan olganda iş topiş masalasi rus tilini biliş, bilmaslik bilan hal qilinadi desak ham böladi. Ya’ni biror joyga borsangiz, “özbek tilini yaxşi bilasanmi?” deb söramaydi, rus tilini biliş şartligi, boşqa xorij tillari uçun ustuvorlik berilişini aytişadi. Bunday olib qarasangiz, mamlakatimizda özbek tili emas, köproq rus tili prioritetdek.

Internetda köplab kerakli resurslar asosan rus yoki ingliz tilida. Masalan, öqitiş mahorati böyiça yaxşi qöllanmalarni özbek tilida uçratmaganman. Şunga öxşab til örganiş darsliklari ham asosan rus yoki ingliz tilida bölişini kuzatganman. Ya’ni özbek tilida topiş mumkin bölgan internet resurslar juda-juda kamligi ham rus tilini tanlaşda katta omil bölsa kerak. Menimça, eng oğriqlisi şu – jamiyatimizda özbek tilini bilişlikka nisbatan qandaydir uyaliş kayfiyati borligi. Bundan taşqari, biror joyga ovqatlanişga yoki kiyim olişga borsangiz, işçilarda ham şunday holat kuzatiladi. Nega bunday kayfiyat borligi haqida köp öylayman.