O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi
O‘zbekistonda 2024 yil uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdori kishi boshiga 1 oyga 621 ming so‘m deb belgilandi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 9,3 foizga yuqori.

Foto: Kun.uz
2023 yildagi yillik inflatsiya darajasidan kelib chiqib, 2024 yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 621 ming so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistondagi minimal iste’mol xarajatlari miqdori 2021 yilda 440 ming so‘mni tashkil etgan, 2022 yil yanvaridan boshlab esa 498 ming so‘m deb belgilangandi. So‘nggi marta bu miqdor 2023 yil iyul oyida 498 ming so‘mdan 568 ming so‘mgacha oshirilgandi.
Jahon tajribasida minimal iste’mol xarajatlaridan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichdan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
- davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy ko‘maklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;
- mamlakatning kambag‘allik chegarasini belgilashda foydalanish va bunda target guruhdagi aholining real iste’mol xususiyatlari va talablarini inobatga olish;
- kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
- pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko‘maklarni ko‘rsatishda mezon sifatida.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Janubiy Koreya viza talablarini soddalashtirish masalasini muhokama qilmoqda
O‘zbekiston | 08:10
-
Sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 07:37
-
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida
O‘zbekiston | 02:22
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Mavzuga oid

19:31 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?

12:24 / 06.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: bunga qaysi omillar ta’sir qilyapti?

22:55 / 22.03.2025
Tezlikni oshirishga ruxsat, Temu'ga taqiq va eksportga bojlar - hafta dayjesti

12:22 / 20.03.2025