Light | 12:43 / 22.05.2016
15431
3 daqiqa o‘qiladi

200 kaloriya qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Ko‘pchilikka ma'lumki, har bir mahsulot turli kaloriyaga ega bo‘ladi. Lekin ularning farqi qanday bo‘lishini tasavvur qila olasizmi? 

To‘g‘ri ovqatlanish tarziga amal qiluvchi insonlarga turli xildagi mahsulotlarni 200 kaloriya qiymatida namoyish etuvchi wiseGEEK axborot saytining tadqiqoti qiziq bo‘lsa kerak.

Solishtirishni to‘g‘ri ko‘rsatib berish uchun fotosuratlar bir xil kamera orqali diametri 26 sm bo‘lgan likopcha va 16 sm bo‘lgan kosachalarda suratga olingan.

Tajribada kaloriyasi kamroq mahsulotlardan kaloriyasi ko‘proq bo‘lganlarining fotosuratlarini ajratib chiqilda. Shuni yodda tuting, bu loyiha faqatgina kaloriyalarning soniga ahamiyat beradi (aytgandek, o‘rta yoshdagi inson uchun kuniga o‘rtacha 2000-2500 kaloriya qabul qilish masadga muvofiqdir) va boshqa oziqlanish uchun kerak bo‘lgan muhim ko‘rsatkichlarni ko‘rib chiqmaydi.

1. Selder (1425 gramm = 200 kaloriya).

2. Brokkoli (588 gramm = 200 kaloriya).

3. Kichik sabzi (570 gramm = 200 kaloriya).

4. Koka-kola (496 ml = 200 kaloriya).

5. Olmalar (385 gramm = 200 kaloriya).

6. Konservalangan yashil no‘xat (357 gramm = 200 kaloriya).

7. Uzum (290 gramm = 200 kaloriya).

8. Dudlangan kurka go‘shti (204 gramm = 200 kaloriya).

9. Tuxum (150 gramm = 200 kaloriya).

10. Pasta (145 gramm = 200 kaloriya).

11. Avokado (125 gramm = 200 kaloriya).

12. Yog‘li konservalangan tunets balig‘i (102 gramm = 200 kaloriya).

13. Jack in the Box tamaddixonasining chizburgeri (75 gramm = 200 kaloriya).

14. Jack in the Box’ning qovurilgan kartoshkalari (73 gramm = 200 kaloriya).

15. Olchali maffin (72 gramm = 200 kaloriya).

16. Kunjut urug‘ili teshikkulchalar (70 gramm = 200 kaloriya).

17. Sosiskalar (66 gramm = 200 kaloriya).

18. O‘rtacha yog‘dagi chedder pishlog‘i (51 gramm = 200 kaloriya).

19. Fruit Loops bo‘tqa mahsulotlari (51 gramm = 200 kaloriya).

20. «Snikers» (41 gramm = 200 kaloriya).

21. Doritos chipslari (41 gramm = 200 kaloriya).

22. Qovurilgan cho‘chqa go‘shti (34 gramm = 200 kaloriya).

23. Yeryong‘oq moyi (34 gramm = 200 kaloriya).

24. Tuzlangan yong‘oqlar qorishmasi (33 gramm = 200 kaloriya).

25. Sariyog‘ (28 gramm = 200 kaloriya).