Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp 15 avgust kuni Alyaskada Putin bilan uchrashishini e’lon qildi
Bundan biroz oldin Tramp Oq uyda jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi potensial tinchlik kelishuvi qandaydir «hudud almashinuvi»ni o‘z ichiga olishini aytdi.
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp 15 avgust kuni Alyaskada Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashishini ma’lum qildi. Tegishli xabar 8 avgust, juma kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilindi.
«Men, Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi uzoq kutilgan uchrashuv kelasi juma, 2025 yil 15 avgust, Alyaska buyuk shtatida bo‘lib o‘tadi. Qo‘shimcha tafsilotlar keyinroq e’lon qilinadi», deb yozgan u. Bundan biroz oldin Tramp Oq uyda jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi potensial tinchlik kelishuvi qandaydir «hudud almashinuvi»ni o‘z ichiga olishini aytdi. «O‘zaro manfaat uchun qandaydir hududlar almashinuvi bo‘ladi... Nimadir qaytaramiz, nimadir almashtiramiz», — dedi u va yaqin orada bu borada aniq suhbat bo‘lishini qo‘shimcha qildi.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi 15 avgust kuni Amerikaning Alyaska shtatida bo‘lib o‘tishini tasdiqladi. Rossiya va AQSh yaqin qo‘shnilar, shuning uchun Putin va Tramp o‘rtasidagi uchrashuv Alyaskada bo‘lib o‘tishi mantiqan to‘g‘ri keladi, deb yozadi RIA "Novosti" Rossiya davlat axborot agentligi Ushakov so‘zlariga asoslanib. Uchrashuvga tayyorgarlik oson jarayon bo‘lmaydi, lekin tomonlar bu borada faol ishlaydi, dedi Ushakov.
«Moskva va Vashington, albatta, yaqin bir necha kunni Alyaskadagi sammitning amaliy va siyosiy parametrlarini eng faol va jadal rivojlantirishga bag‘ishlaydi. Va bu, aftidan, oson jarayon bo‘lmaydi, lekin biz bu borada faol va jadal ishlaymiz», — deya Ushakov so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Interfaks" agentligi.
Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, prezidentlar asosiy e’tiborni Ukrainadagi urushni uzoq muddatli tartibga solishga qaratadi. Alyaskadagi muzokaralardan so‘ng Putin va Trampning navbatdagi uchrashuvi Rossiya hududida bo‘lib o‘tishi mumkin – «tegishli taklif allaqachon AQSh prezidentiga yetkazilgan», deya qo‘shimcha qildi Rossiya davlati rahbarining yordamchisi.
Mavzuga oid
14:46
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinishni qoraladi
13:55
Zelenskiy Floridada Tramp bilan muzokaralar yakunlarini e’lon qildi
12:10
Ushakov: Tramp Putin rezidensiyasiga “hujum” haqidagi gaplardan shokda
09:10