Jamiyat | 08:03 / 31.05.2017
16549
2 daqiqa o‘qiladi

Tadqiqotchilar guruch ilk bor qayerda yetishtirilganini aniqlashdi

Foto: Getty Images

Insonlar guruchni taxminan 9400 yil avval yetishtira boshlashgan. Buni xitoylik olimlar mamlakat janubidagi Chjetszyan viloyatida olib borilgan qazilma ishlarida aniqlashdi. Ular bu yerda ekilgan sholining qadimgi namunalarini topishgan. Topilma haqida batafsil ma'lumot Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida e'lon qilindi.

Ishlar arxeologlar bundan avval ham qadimiy artefaktlarni, masalan loydan yasalgan buyumlarni topishgan hududlarda olib borildi. U yerda tadqiqotchilar bir necha yomon darajada saqlanib qolingan sholi poyasi va juda katta hajmdagi fitolitlar – ba'zi bir o‘simliklar zararkunandalardan himoya maqsadida ishlatuvchi kremniy zarralarini aniqlashdi. Fitolitlarning deyarli barchasi bukilgan holda bo‘lgan, bu esa “mahalliylashtirilgan” sholiga xosdir. Sholining yoshi fitolitlarni tahlil qilish yordamida aniqlandi.

Hozircha bu kishilarning guruch yetishtirganiga eng qadimiy dalildir. Xitoyning aynan shu hududida insonlar birinchi bor guruch yetishtirgan bo‘lishi ham mumkin.

Mavzuga oid