Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hududi bo‘ylab motopoyga bo‘lib o‘tadi
Gollandiyaning Eyndxoven texnologik universitetining (ETU) talabalari guruhi sentabr boshida Yevropa-Eron-Turkmaniston-O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Qozog‘iston-Xitoy yo‘nalishi bo‘yicha motopoyga tashkil qilmoqchilar.
Yurtimiz hududi bo‘ylab o‘tadigan motopoyga doirasida ishtirokchilar Buxoro, Samarqand, Namangan davlat universitetlari va Turin politexnika universiteti talabalari va o‘qituvchilariga o‘zlarining "STORM Puls" innovatsion elektr mototsikllarining taqdimotini o‘tkazishmoqchi. Shuningdek, shunday tadbirni Toshkent politexnika muzyida tashkil qilish rejalashtirilmoqda.
"STORM Eyndxoven" jamoasi ETUning 23 nafar talabasidan iborat. Ular tomonidan innovatsion akkumulyator bloki bilan jihozlangan "STORM Puls" elektr sayyohlik mototsikli yaratilgan. Motosikl akkumulyator bloki yordamida qayta quvvatlashsiz 380 km gacha yura oladi. Guruh dunyo bo‘ylab 80 kunlik sayohat uyushtirmoqchi.
Jamoa butun dunyo bo‘ylab muqobil energiyadan foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida OAV orqali motopoyga va taqdimotlarga e'tiborni qaratmoqchi.