Metan «zapravka»lar ish vaqti bo‘yicha cheklov qachon bekor qilinishi noma'lum – Energetika vazirligi
25 fevraldan O‘zbekistondagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarining gaz uzatish grafigiga vaqtinchalik cheklov qayta o‘rnatilgandi.
Bu haqda berilgan «Hududgazta'minot» izohida shunday deyilgan: «... 24-27 fevral kunlari yurtimizga sovuq havo oqimining kirib kelishi, ayrim hududlarda havo harorati kechasi 20-25 darajagacha sovuq bo‘lishi sababli tabiiy gaz iste'moli hajmining keskin ortishi kutilmoqda. Tabiiy gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obektlarini uzluksiz ravishda ta'minlashga qaratilishini inobatga olib gaz yetkazib berishda ayrim cheklovlar kiritiladi».
27 fevraldan buyon havo harorati muntazam ko‘tarilib kelmoqda va 1 martga kelib o‘rtacha 13-18 daraja iliq bo‘ldi. «O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bu me'yordan 2-4 daraja yuqori harorat hisoblanadi.
Kun.uz muxbiri bunday sharoitda metan «zapravka»lari faoliyati qachon iziga tushishi bo‘yicha ma'lumot olish uchun Energetika vazirligi matbuot kotibi Elmira Bekmurodova bilan bog‘landi:
«Hududgazta'minot» AJ tomonidan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh)ning gaz to‘ldirish ishlari ertalabki 05:00 dan – 15:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida belgilangani bo‘yicha cheklov hozircha amalda. Havo haroratining barqaror yuqori bo‘lishi bilan bu cheklov bekor qilinishi mumkin. Bu haqda albatta rasman xabar beriladi», dedi vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari.
Eslatib o‘tamiz, bunday cheklov birinchisi emas. Joriy yilning 4-5 yanvar kunlaridan boshlab AGTKSh uchun cheklovlar qo‘yilgan, bu haydovchi va yo‘lovchilarning e'tirozlariga sabab bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:50 / 29.10.2024
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
07:30 / 23.10.2024
Toshkent viloyatidagi ayrim zapravkalarda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
23:44 / 19.10.2024
“Yashil” elektr stansiyalar orqali atmosferaga yiliga 21 mln tonna zararli gazlar chiqishi oldi olinadi - Energetika vazirligi
23:13 / 08.10.2024