«Respublika gidrometeorologiya xizmatining xabar berişiça, joriy yilning 24-27 fevral kunlari yurtimizga sovuq havo oqimining kirib kelişi natijasida, respublikamizning ayrim hududlarida havo harorati keçasi 20-25 darajagaça sovuq bölişi sababli, tabiiy gaz iste'moli hajmining keskin ortişi kutilmoqda.
Uşbu munosabat bilan «Hududgazta'minot» AJ şuni ma'lum qiladiki, tabiiy gaz birinçi navbatda aholi va ijtimoiy soha obektlarini uzluksiz ravişda ta'minlaşga qaratilişini inobatga olib, gaz yetkazib berişda ayrim çeklovlar kiritiladi.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, «Hududgazta'minot» AJ barça avtotransport haydovçilaridan öz avtoulovlariga gaz töldiriş işlarini ertalabki 05:00dan – keçki 15:00 vaqt oraliğida xavfsizlik texnikasi qoidalari asosida amalga oşirişlarini söraydi», deyiladi taşkilot xabarida.
Ötgan yilning dekabri va joriy yilning yanvarida ham havo sovişi va gaz bosimi pasayişi tufayli vaqti vaqti bilan gaz zapravkalari faoliyatiga çeklovlar örnatilgandi.

















