Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston IIV: 23-24 iyun kunlari yopiladigan ko‘chalar ro‘yxati
23-24 iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Toshkent sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston poytaxtidagi bir qator ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi, deya xabar qildi IIV matbuot xizmati.
Ko‘chalar ro‘yxati:
- Qori Niyoziy ko‘chasi — Niyozbek yo‘li ko‘chasi qismidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha;
- Abdulla Qodiriy ko‘chasi -Abay ko‘chasidan Movaraunnahr ko‘chasigacha;
- Osiyo ko‘chasi — Zulfiyaxonim ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha;
- Kichik halqa avtomobil yo‘li — Amir Temur shoh ko‘chasidan Ko‘rgazma ko‘chasigacha;
- Shastri ko‘chasi — O‘zbekiston ovozi ko‘chasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha;
- Yaxyo G‘ulomov ko‘chasi — O‘zbekiston ovozi ko‘chasidan Oloy ko‘chasigacha;
- Shahrisabz ko‘chasi — Amir Temur shoh ko‘chasidan Istiqbol ko‘chasigacha;
- Amir Temur shoh ko‘chasi — Osiyo ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha;
- Oloy ko‘chasi — Yaxyo G‘ulomov ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha;
- O‘zbekiston ovozi ko‘chasi — Yaxyo G‘ulomov ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha;
- Taraqqiyot ko‘chasi — Kichik halqa yo‘lidan Shahrisabz ko‘chasigacha;
- Istiqbol ko‘chasi — Shahrisabz ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha;
- O‘zbekiston shoh ko‘chasi — Taras Shevchenko ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha;
- Shohjaxon ko‘chasi — Askiya ko‘chasidan Bobur shoh ko‘chasigacha;
- Rakat ko‘chasi — Askiya ko‘chasidan Bobur shoh ko‘chasigacha;
- O‘rikzor ko‘chasi — Askiya ko‘chasidan Bobur shoh ko‘chasigacha.
ShHT sammiti bilan bog‘liq marosimlar o‘tkaziladigan muddatda Nukus, Mustaqillik, Mirzo Ulug‘bek va Do‘rmon yo‘li ko‘chalarida ham transport vositalari harakati vaqtinchalikka cheklanishi mumkin.
IIV yo‘l harakati ishtirokchilaridan o‘ta zarur bo‘lmagan hollarda ko‘rsatib o‘tilgan ko‘chalardagi transport oqimiga qo‘shilmaslikni so‘rab, jamoat transportidan foydalanishni tavsiya qildi.
"Voditeli Tashkenta" guruhi foydalanuvchisi yuqoridagi ma'lumotlarga asoslanib quyidagi xaritani tuzgan.
