Jahon | 01:39 / 14.11.2017
17870
2 daqiqa o‘qiladi

KUN.UZ saytidan yangi loyiha: 5 daqiqada kundalik yangiliklar videodayjesti

KUN.UZ ijodkorlari yangi loyihaga qo‘l urishdi. Endi kunning eng muhim voqealari tafsilotlari kunlik videodayjest ko‘rinishida muxlislar e'tiboriga havola qilib boriladi.

Videodayjestning birinchisi tayyorlandi. Unda 13 noyabr kuni ro‘y bergan quyidagi voqea va yangiliklarga to‘xtalib o‘tilgan:

  • Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi, Odilxon Rustamov uning o‘rnini egalladi
  • O‘zbekiston ma'had va madrasalarida Qur'oni Karim kurslari ochish bo‘yicha qaror qabul qilindi
  • Farg‘onada Islom huquqi maktabi tashkil etildi
  • O‘zbekiston​da benzin narxi yana oshishi mumkin
  • Eron va Iroq o‘rtasida joylashgan Halabja shahrida kuchli zilzila ro‘y berdi. Yuzlab insonlar halok bo‘ldi, 6 mingdan ziyod kishi jabrlangan. Mingdan ziyod kishi boshpanasiz qolmoqda. Eronda uch kunlik motam e'lon qilindi. Shavkat Mirziyoyev Eron rahbariga ta'ziya izhor qildi.
  • Filippin poyxtaxti Manilada Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ACEAN) ning 31-sammiti rasman ochildi.

13 noyabrda ro‘y bergan yangilik, voqea va hodisalarning kundalik dayjestidan farqli o‘laroq, videodayjestni Kun.uzning Youtube kanalidan quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid