O‘zbekiston | 18:31 / 15.01.2022
15531
1 daqiqa o‘qiladi

O‘n besh yoshda o‘n besh million daromad

Muftohiddin A’zamjonov – Izboskan tumanidagi 28-maktab o‘quvchisi. U maktabdan bo‘sh paytlarida uyidagi issiqxonada dehqonchilik bilan shug‘ullanadi.

Uning issiqxonasida sitrus mevalar parvarish qilinadi. Shuningdek, palma, gul ko‘chatlari yetishtiriladi

"Bu issiqxonamizda 500 tupdan ortiq limon ko‘chatlari, 1 000 tupdan ortiq palma ko‘chatlari mavjud. Oila a’zolarimiz bilan shu issiqxonada apelsin, mandarin, limon kabi sitrus mevalarni yetishtiramiz. Bir terganda 15-30 milliongacha daromad olinmoqda. Palma ko‘chatlarini ekkanimizga 2-3 yil bo‘lib qoldi, ancha katta bo‘lib qolgan, sotish niyatimiz bor", - deydi u.

Issiqxonaga limonlarni changlatish uchun apelsin va mandarin ko‘chatlari ekilgan. Bu orqali limonning mazasi va rangi ajralib turadi.

10 tup apelsin, 5 tup mandarin ko‘chatlarini issiqxonaga ekilgan. Sababi, bu limonni changlatish, rangini qizartirib berish va maza-ta’miga sifat qo‘shish uchun ekilgan.

Bir terilganda o‘rtacha 1-2 tonna limon sotuvga chiqariladi.

Abduvali Qurbonov

Tasvirchi va montaj ustasi Azizbek Ismoilov.

Mavzuga oid