“Çang böronlariga qarşi kuraşiş va atmosfera havosi sifatini yaxşilaş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori (PQ-338-son, 24.09.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga köra, Özbekiston Respublikasida çang böronlariga qarşi kuraşiş va ularning oqibatlarini yumşatiş böyiça 2024–2030 yillarga möljallangan milliy dastur tasdiqlandi.
Dasturga asosan, ilğor texnologiyalarni joriy etiş va hududlarda yaşil qoplamalarni kengaytiriş orqali, 2028 yilgaça kuçli çang böronlari hosil böliş sur’atlarini hozirgi holatiga nisbatan 50 foizga qisqartiriş maqsad qilingan.
2025 yil 1 yanvardan Toşkent şahrining 12 ta tumanida fon monitoringini amalga oşiriş uçun avtomatlaştirilgan kiçik stansiyalarni örnatiş işlari boşlanadi.
2026 yil 1 yanvardan Toşkentda örnatilgan maxsus monitor va tablolarda majburiy ravişda atmosfera havosining ifloslaniş darajasi hamda gidrometeorologik ma’lumotlar e’lon qilib boriladi.
2030 yildan Toşkent şahar va unga tutaş Toşkent viloyatining hududlarida joylaşgan isitiş va elektr energiya işlab çiqariş korxonalariga yoqilği sifatida mazutdan foydalaniş taqiqlanadi.
Toşkent şahriga tutaş tumanlardagi 1,2 mingdan ortiq issiqxonalarda foydalanilayotgan kömir yoqilğisining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytiriş maqsadida çang-gaz tozalaş uskunalari örnatiladi hamda bunday uskunalarni örnatiş uçun issiqxona xöjaliklariga subsidiya ajratiş mexanizmi joriy qilinadi.
2025–2030 yillarda Toşkent şahar va unga tutaş Toşkent viloyatining hududlaridagi jami 441 gektar yer maydonlarida “yaşil belboğ” va “yaşil boğlar” taşkil qilinadi.
2028 yildan “Yevro–4” standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilğisidan foydalaniş va sotiş bosqiçma-bosqiç çeklanadi.
Markaziy Osiyo davlatlari bilan muhokama qilgan holda Yaşil Markaziy Osiyo fondi va Markaziy Osiyo iqlim masalalari markazini taşkil etişning konseptual asoslari işlab çiqiladi.

















