01:20 / 08.02.2020
5
43443

Turkmaniston prezidenti o‘z o‘g‘lini yangi vazirlikka rahbar etib tayinladi 

Foto: hronikatm.com

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 7 fevralda o‘z farmoni bilan o‘g‘li Sardor Berdimuhamedovni yangi tashkil etilgan sanoat va qurilish ishlab chiqarishi vazirligiga rahbar etib tayinladi

Turkmaniston prezidenti shu farmoni bilan o‘g‘lini 2019 yil iyundan beri egallab kelgan Axal viloyati hokimi lavozimidan ozod etgan. 

Berdimuhamedov o‘z farmoni bilan Turkmaniston sanoat va kommunikatsiyalar va uning agentligi Turkmensenagat’ni tugatib, ular negizida sanoat va qurilish ishlab chiqarishi vazirligini tashkil etgan.

Aytish joiz, 38 yoshli Sardor rahbarligida Axal viloyati Turkmanistonning birinchi raqamli viloyatiga aylangan hamda 2019 yilda paxta terimi bo‘yicha rejani birinchi bo‘lib bajargan.

Bungacha u viloyat hokimi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimlarini egallagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top