Turkmaniston hukumati Afğonistonni xalqaro huquq normalaridan kelib çiqqan holda transçegaraviy daryolar va boşqa suv havzalari resurslaridan oqilona foydalanişga çaqirdi. Bu haqda Afğoniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvçi Nuriddin Aziziy boşçiligidagi hukumat delegatsiyasining Turkmanistonga taşrifi çoğida ma’lum qilindi.
Jumladan, Turkmaniston tomoni Afğonistonni uçta jihatga e’tibor qaratişga çaqirdi:
- real ehtiyojlarni hisobga olgan holda transçegaraviy daryolardan ilmiy asoslangan holda suv oliş;
- transçegaraviy daryolarda qurilayotgan gidrotexnik inşootlarni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlaş;
- transçegaraviy daryolar böyida joylaşgan barça davlatlarning manfaatlarini sözsiz hurmat qiliş.
Turkmaniston Taşqi işlar vazirligi bayonotida Afğoniston tomonidan Amudaryo va unda qurilayotgan Qöştepa kanali haqida söz yuritilmagan, biroq, gap şu haqda ketayotgani aniq, deb hisoblamoqda Turkmen.news.
Hozir Turkmaniston, Özbekiston va Tojikiston örtasida Amudaryodan suv olişni taqsimlaş böyiça kelişuv mavjud, ammo Afğoniston unga qöşilmagan.
Kuzatuvçilar Qöştepa kanali qurilişi tufayli bu mamlakatlarda suv yetarli bölmay qolişidan xavotirda. Şu bilan birga, ekspertlar kanal işga tuşirilgaç, Afğoniston xalqaro şartnomalarga qöşilişiga umid bildirmoqda.












