Bugun bo‘lmasa qachon? «Grand Pharm Trade» kompaniyasi besh ming oilani qaramog‘iga oldi
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati tez fursatda tilga tushdi va ko‘pchilik tarafidan e'tirof etildi. «Grand Pharm» dorixonalar tarmog‘i ham bu ezgu harakatga qo‘shildi va 5 ming oilani murakkab kunlarda moddiy jihatdan ta'minlashni o‘z zimmasiga oldi.
– Bugun yordam bermasak, qachon yordam beramiz? – degan savolni qo‘ydi suhbat chog‘ida «Grand Pharm Trade» kompaniyasi ta'sischisi, yetakchi tadbirkorlardan biri Azizxo‘ja Abbosxo‘jayev. – Davlatimizning so‘nggi 2-3 yil ichida biz tadbirkorkorlarga bergan imtiyozlarini sanaydigan bo‘lsak, imkoniyatlarimiz naqadar kengayganini anglab yetamiz. Birgina konvertatsiya jarayonining yo‘lga qo‘yilishi bizning soha vakillari uchun qanchalik qulayliklar yaratdi, yechimini kutib turgan muammolarni bartaraf qildi.
Demak, bugun biz ham bunga munosib javob qaytaradigan kun keldi. Bir narsani alohida va qayta-qayta ta'kidlashni istardim, bu homiylik harakatiga yoki saxovat ishlariga bosh qo‘shishga hech kim bizni majburlagani, hatto iltimos ham qilgani yo‘q. Yana bir muhim jihat, davlatimiz «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati doirasida qilingan ishlar uchun sarflangan mablag‘lar o‘rnini turli usullarda to‘ldirib bermoqchi. Ammo bu imtiyoz bizni xursand qilsada, turtki bo‘lmadi.
Qilayotgan ehsonlarimizning hammasi o‘z ixtiyorimizga ko‘ra, xalqimiz roziligini olish uchun amalga oshirilmoqda.
«Grand Pharm Trade» kompaniyasi ayni paytda yordamga muhtoj bo‘lib turgan 5 ming oilani o‘z qaramog‘iga oladi va boshqalarni ham bu harakatga qo‘shilishga da'vat qiladi, – deya so‘zlarini yakunladi Azizxo‘ja Abbosxo‘jayev.
Ma'lumot o‘rnida: «Grand Pharm» dorixonalar tarmog‘i mamlakatimizda sohaning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Koronavirus karantini boshlangan kunlarda Kun.uz bu kompaniya omborlariga tashrif buyurgan va pandemiya chog‘ida eng zarur vositalar, jumladan tibbiyot niqoblari, antiseptiklar, dori-darmonlar yetarli miqdorda tayyorlab qo‘yilgani hamda yetkazib berilayotganiga guvoh bo‘lib qaytgandi.
Mavzuga oid
20:00 / 08.04.2021
O‘zbekistonda farmatsevtika sohasini rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi
20:00 / 26.10.2020
«Grand Pharm Trade» kompaniyasi «Eurasian Pharma Award» mukofotining «Yil distribyuteri» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi
20:00 / 21.10.2020
«Grand Pharm Trade» kompaniyasi SAP Value Awards 2020 tanlovining oltin mukofotiga sazovor bo‘ldi
16:45 / 06.06.2020