Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan taşkil etilgan «Saxovat va kömak» harakatida tadbirkorlar ham iştirok etişmoqda.

Pandemiya davrida daromadi bölgan ba'zi oilalar ham öz daromadidan ayrilib, moddiy yordamga muhtoj bölib qolişdi.

Grand Pharm Trade kompaniyasi vakillari çekka tumanlarda bölib, yordam qölini çözdilar. Mart oyining oxirida uşbu kompaniya qariyb 8000 ta oila, xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasidagi – 2000 ta, Andijon vilotidagi – 1000 ta, Buxoro viloyatidagi – 1000 ta, Namangan viloyatidagi – 1000 ta, Surxondaryo viloyatidagi – 1500 ta va Toşkent viloyatidagi – 1500 ta oilaga oziq-ovqat va moddiy yordam körsatdi.

Aprel oyining oxirida «Saxovat va kömak» harakati boşlandi va kompaniya aksiyadorlari 5000 oilani uç oyga vasiylikka oldi, ulardan 2000 tasi – Qoraqalpoğiston Respublikasidan, 869 tasi – Andijon viloyatidan, 531 tasi – Namangan va 1600 tasi – Toşkent viloyatidan.

Bundan taşqari, 52 nafar kişi uçun qöşimça iş örinlari yaratildi.

Mahalliy hokimiyat organlari, Özbekiston musulmonlar idorasining hududiy vakillari haqiqatan ham yordamga muhtoj oilalarni topişga yordamlaşişdi. Ularning barçalariga ulkan minnatdorçilik bildiriladi.

May oyida beş milliard söm ajratildi, kompaniyaning 10 milliard miqdorida keyingi yordami 25 iyun va 25 iyulda öz egalariga topşiriladi.

Muhtoj oilalarga köplab tadbirkorlar yordam körsatişmoqda va şunday qiyin vaqtlarda xalqimizning jipslaşgani quvonarli hol. Tadbirkorlar Prezidentimiz taşabbusi bilan taşkil etilgan «Saxovat va kömak» harakatini qöllab-quvvatlab, ular bilan yelkama-yelka turib, Özbekiston xalqiga foydalari tegayotganligidan benihoyat mamnundirlar.

Grand Pharm Trade kompaniyasi

Reklama huquqi asosda