Tibbiy niqob va antiseptiklar zaxirasi yetarlimi? Toshkentdagi dori omborlarining biridan reportaj
O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganining to‘rtinchi kuni – 18 mart holatiga ko‘ra, bemorlar soni 15 nafarni tashkil etmoqda.
Bemorlar soniga mos ravishda tibbiy niqob, antiseptik vositalar va immunitetni ko‘taruvchi dori vositalariga ham talab oshib boryapti. 17 mart kuni Kun.uz muxbiri vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida «Grand Pharm» dorixonalar tarmog‘i rahbarlari bilan suhbatlashdi.
«Grand Pharm» boshqaruv hamkorlaridan biri Azizxo‘ja Shamsutdinovning ta'kidlashicha, vahimaga tushishga hech qanday asos yo‘q.
«Omborxonamizda barcha dori vostilari zaxirasi yetarli darajada turibdi», – deydi u.
«Oxirgi vaqtlarda tibbiy maskalarga, antiseptik vositalarga shuningdek, virusga qarshi antibiotiklarga talab yuqori. Kompaniyamiz tomonidan barcha kerakli tadbirlarni qilyapmiz. O‘zimizning dorixonalarga tezlik bilan dorilarni yetkazib berishga harakat qilyapmiz. Mana, ko‘rib turganingizdek, omborxonamizda barcha kerakli dori vositalarli yetarli.
Niqobni har ikki soatda almashtirish kerak. Bir kunda bir kishiga 8-10ta maska kerak bo‘lyapti. Biz ham talabga qarab buyurtmalarni berib boryapmiz. Lekin dorixonalarga yetkazib berishda bir oz qiyinchiliklar bor», dedi Azizxo‘ja Shamsutdinov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat narx-navoga ta'sir qilmaydi.
«Bu holatning narx-navoga hech qanday ta'siri yo‘q. Qonun bo‘yicha narx-navolar belgilangan. Kompaniya rahbariyati narxlarni nazorat qilishmoqda. Xalqimiz xotirjam bo‘lishini, dorixonalarimizda narxlar bir xilda bo‘lishini aytib qolardim.
Dorixonalarga dori vositalarini yetkazib berishni 2 baravarga oshirdik. Bundan tashqari mahsulotlar kirib kelishda davom etmoqda. Hech qanday muammo yo‘q. Xalqimizdan esa xotirjam bo‘lishini so‘rab qolamiz», deydi Shamsutdinov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari bozoriga epidemiologik holatning ta'siri yuzasidan Korzinka va Makro supermarket tarmoqlari rahbarlari ham izoh berib, fuqarolarni xotirjamlikka chaqirgan edi.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya investitsiya kengashini ta’sis etishni taklif qildi
Jahon | 00:29
-
Jizzaxga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
O‘zbekiston | 00:17
-
Hindistonda Rossiyaga aloqador navbatdagi «kripto qiroli» hibsga olindi
Jahon | 00:10
-
Braziliyada iqlim bo‘yicha o‘tkaziladigan sammitga tayyorgarlik ko‘rish uchun daraxtlar kesib tashlandi
Jahon | 23:15 / 12.03.2025
Mavzuga oid

12:16 / 10.03.2025
Tegishli hujjatlari bo‘lmagan yarim mlrd so‘mlik dorini sotayotgan dorixona aniqlandi

12:25 / 21.02.2025
Toshkentda dorixona sotuvchilari kuchli dorilarni retsepsiz sotgan vaqtida ushlandi

20:25 / 05.02.2025
Dorilarni retsept bilan sotishga qachon o‘tiladi?

14:12 / 03.02.2025