Sport | 20:56 / 05.09.2024
16036
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston KXDRni mag‘lub etib, hal qiluvchi bosqichni g‘alaba bilan boshladi

Bugun, 5 sentabr kuni Osiyoda JCh-2026 hal qiluvchi 3-saralash bosqich o‘yinlariga start berildi. A guruhida O‘zbekiston milliy jamoasi Shimoliy Koreyaga qarshi saf tortdi.

Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida 24 ming tomoshabin qarshisida o‘tgan uchrashuvning 20-daqiqasida Jaloliddin Masharipov tomonidan kiritilgan gol Srechko Katanets shogirdlariga g‘alaba keltirdi – 1:0.

Qayd etish joiz, 40-daqiqada koreyslar penaltidan foydalana olishmadi. Odil Hamrobekovning qo‘polligidan so‘ng belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini darvozabon O‘tkir Yusupov qaytarib olishga muyassar bo‘ldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston hal qiluvchi saralash bosqichini muhim g‘alaba bilan boshladi. Vakillarimiz 2-turda 10 sentabr kuni Bishkekda Qirg‘iziston milliy jamoasi mehmoni bo‘lishadi.

JCh-2026 3-saralash bosqichi.

A guruhi. 1-tur

O‘zbekiston – KXDR – 1:0

Gol: Jaloliddin Masharipov, 20.

O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 3. Hojiakbar Alijonov (4. Farrux Sayfiyev, 70), 5.Rustam Ashurmatov, 7.Otabek Shukurov (18. Abdulla Abdullayev, 70), 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov (Akmal Mozgovoy, 87), 11.Oston O‘runov (22. Abbos Fayzullayev, 60), 13.Sherzod Nasrullayev, 14.Eldor Shomurodov (17. Bobur Abduxoliqov, 87), 15.Umar Eshmurodov, 23.Husniddin Aliqulov.

Mavzuga oid