Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
We Global Football portali O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2026ga chiqish imkoniyatini baholadi
Osiyoda 2026 yilgi jahon chempionati hal qiluvchi saralash bosqichi start olgach, We Global Football portali jamoalarning okean ortidagi turnirga borish imkoniyatini baholadi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasining A guruhidan JCh-2026 final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olish imkoniyati 70,3 foizga baholangan. Pley-off orqali yo‘llanmaga ega chiqishi 28,7 foizga baholangan, JCh-2026ga bora olmasligi esa 1 foizni tashkil etgan.
A guruhidan Eronning JCh-2026ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri borish imkoniyati eng yuqori baholangan – 93,7%. BAA (19,5) bu borada 3-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, Qatarning imkoniyati pasaytirildi – 16 foiz. KXDR va Qirg‘izistonning imkoniyati 1 foizni ham tashkil etmaydi.
Osiyo saralash bosqichidagi jamoalarning imkoniyatlari:

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 uchun Osiyoga 8,5 o‘rin ajratilgan. Har bir guruhdan 2tadan jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqsa, guruhlardagi 3-4-o‘rindagi jamoalar pley-offlar orqali qolgan 2,5ta yo‘llanma uchun kurash olib boradi.