Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston safarda Qirg‘izistonni mag‘lub etib, guruh peshqadamiga aylandi
Bugun, 10 sentabr kuni Osiyoda JCh-2026 hal qiluvchi 3-saralash bosqich 2-turi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Bishkekda Qirg‘izistonga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida «Dinamo» hujumchisi Joel Kojo hisobni ochib, qirg‘izlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, keyingi hujumdayoq Eldor Shomurodov muvozanatni tikladi – 1:1.
35-daqiqada Odiljon Abdurahmonov stadionni ikkinchi bor larzaga keltirib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1.
Bo‘lim yakunida esa Sherzod Nasrullayevning uzatmasini Husniddin Aliqulov bosh bilan golga aylantirdi – 2:2.
Ikkinchi bo‘limda esa raqibdan ustunligini ko‘rsata olgan Srechko Katanets shogirdlari 72-daqiqada nihoyat hisobda oldinga chiqib olishdi. Shomurodovning zargarona pasini Oston O‘runov chiroyli harakatlari va zarbasi bilan g‘alaba goliga aylantirdi – 3:2.
Shu tariqa, O‘zbekiston milliy jamoasi dastlabki ikki turni ham g‘alaba bilan yakunlab, 6 ochko bilan hozircha turnir A guruhi peshqadamiga aylandi.
Guruhdagi dastlabki bahsda KXDR Qatar bilan durang (2:2) qayd etgan bo‘lsa, yana bir uchrashuvda BAA bugun Eronni qabul qiladi.
JCh-2026 saralashi. A guruhi. 2-tur
10 sentabr (seshanba)
Qirg‘iziston – O‘zbekiston – 2:3
Hakam: Ahmad Al-Ali (Kuvayt)
Gollar: Joel Kojo 15, Odiljon Abdurahmonov 35 – Eldor Shomurodov 17, Husniddin Aliqulov 45, Oston O‘runov 72.
Qirg‘iziston: 1. Erjan Tokotayev, 2. Valeriy Kichin, 3. Tamirlan Kozubayev, 6. Kristian Brauzman, 7. Joel Kojo (9. Ernist Batirkanov, 78), 12. Odiljon Abdurahmonov, 14. Aleksandr Mishenko, 17. Eldiar Zaripbekov, 18. Kairat Jgalbek Uulu (10. Guljigit Alikulov, 60), 19. Ermek Kenjyebayev (15. Suiuntbek Mamaraliyev, 78) 22. Alimardon Shukurov.
O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov (19. Aziz Turg‘unboyev, 62), 5.Rustam Ashurmatov (Abdulla Abdullayev, 62), 7.Otabek Shukurov, 9.Odil Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov (22. Abbosbek Fayzullayev, 75) 11.Oston O‘runov (Hojimat Erkinov, 89), 13.Sherzod Nasrullayev, 14.Eldor Shomurodov, 15.Umar Eshmurodov, 23.Husniddin Aliqulov.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

22:44 / 16.07.2025
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin

18:19 / 10.07.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga O‘zbekiston kompaniyalari ham jalb qilinishi mumkin

14:57 / 07.07.2025
Tojikiston «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasiga qo‘shilmoqchi

20:14 / 03.07.2025