«Boshqa viloyatda ishlagan o‘qituvchiga 100 foiz ustama haq to‘lanadi» - Prezident
O‘zbekistonda boshqa tumandagi olis maktabga borib dars beradigan o‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa – 100 foiz ustama haq to‘lanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomada ma'lum qildi.
Prezident parlamentga murojaatida 2021 yil nomida belgilangan sohalarni tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish bo‘yicha quyidagi keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish lozimligini ta'kidlab o‘tdi.
«Maktab ta'limini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish, muallimlarga munosib sharoit yaratish borasidagi islohotlar jadal davom ettiriladi.
Kelgusi yili 30ta yangi maktab qurish, 320ta maktabni ta'mirlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida budjetdan 2 trillion so‘m ajratiladi.
Sohada yagona «elektron ta'lim» tizimini joriy etishga kelgusi 2 yilda 250 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Ta'lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida, avvalo, o‘quv dasturlari, o‘qituvchi va domlalar uchun metodik qo‘llanmalarni ilg‘or xalqaro dasturlarga moslashtirish lozim.
Bolalarning tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun ularga sermazmun va tushunarli darsliklar yaratish zarur.
Bu borada kelgusi o‘quv yilida boshlang‘ich sinflarda davlat ta'lim standarti o‘rniga, ilg‘or xorijiy tajriba asosida, bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan «Milliy o‘quv dasturi» joriy etiladi.
Umumta'lim maktablaridagi ta'lim sifati poytaxtda ham, olis qishloqlarda ham yuqori bo‘lishi shart. Buning uchun chekka hududlarda maktablarni malakali kadrlar bilan ta'minlash, ta'lim sifatini yaxshilash bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi.
Jumladan, boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa – 100 foiz ustama haq to‘lanadi», dedi davlat rahbari.
Shuningdek, hududlarda xususiy maktablar faoliyatini rag‘batlantirish uchun budjetdan subsidiyalar ajratiladi.
Mavzuga oid
10:25 / 12.12.2024
Maktablarda qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanadi
14:47 / 04.12.2024
Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solish boshlandi
13:56 / 04.12.2024
«Bir million dasturchi» loyihasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan maktabga elektromobil beriladi
22:48 / 03.12.2024