Germaniyaning Nyurnberg şahridagi Dyurer gimnaziyasi keçikkan öquvçilarga jarima joriy etdi. Spiegel naşrining yozişiça, öquvçilar darsga öz vaqtida kelmasa, beş yevro tölaşi şart.
Qoida 2024 yil may oyidan beri 9-11-sinf öquvçilari uçun amal qilib kelmoqda. Gimnaziya direktori Rayner Geysderfer bu çora öz natijasini bergani, öquvçilarning aksariyati vaqtida kelişni boşlagani haqida ma’lum qildi.
Öquvçilar uzrli sabablarsiz keçiksa va faqat eng zarur hollardagina jarimaga tortiladi. Avval aybdor bilan ota-onasi, öqituvçilar va psixologlar suhbatlaşadi. Agar suhbatlar yordam bermasa, maktab jarima tayinlaydi.
Gimnaziyadagilarning aytişiça, ota-onalar va öqituvçilar bilan suhbat öquvçilarni unçalik qörqitmaydi. Biroq jarimalar ularni “çindan taşvişga soladi”.
Jarima çorasi Germaniyadagi maktablarning hammasida ham qöllanmaydi. Ayrim ta’lim muassasalarida öz vaqtida kelmagan öquvçiga qöşimça vazifa berilişi yoki ota-onasi çaqirilişi mumkin.
Forbes naşri yozişiça, mamlakatda uzrsiz sabablar bilan maktabga bormaslik uçun yanada qattiqroq jazo qöllanmoqda. Germaniyaning ba’zi hududlarida jarima miqdori 2,5 ming yevrogaça yetişi mumkin.










