Özbekistonda «Bir million özbek dasturçisi» loyihasining navbatdagi mavsumiga start berildi. Bu haqda 3 dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot kotibi iştirokida AOKAda bölib ötgan brifingda ma’lum qilindi.

IT sohasida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarga «Coursera» ta’lim platformasida bepul öqib, xalqaro IT sertifikatlarga ega böliş imkoniyati yaratildi. Joriy yil 29 noyabrdan boşlab uzbekcoders.uz sayti orqali mazkur bepul kurslarida öqiş mumkin. Şuningdek,

  • Data Science Math Skills;
  • Introduction to User Experience Design;
  • Managing Responsibly: Practicing Sustainability;
  • Responsibility and Ethics;
  • Excel Fundamentals for Data Analysis;
  • Introduction to Generative AI kabi yangi bepul kurslar qöşildi.

«Bir million özbek dasturçilari» loyihasi 2025-2026 yillar rejasida xalqaro IT sertifikatlar olganlar sonini 1 million nafarga, professional xalqaro IT sertifikatlar olganlar sonini esa 30 ming nafarga yetkaziş belgilangan. Qolaversa, loyiha doirasida yuqori natija körsatgan eng yaxşi 2 ta maktabga Prezident sovğasi – 2 ta elektromobil berilişi ham rejalaştirilgan. Şu bilan birga, loyiha doirasida 14 ta hududda eng yuqori natija körsatgan öquvçilarga 700 ta noutbuk, Top-10 nafar öqituvçilar uçun çet elga sayohat, loyiha doirasida eng yuqori natija körsatgan 100 nafar öqituvçiga 10 million sömdan pul mukofoti va Top-3 oliy ta’lim muassasalariga pul mukofotlari berilişi rejalaştirilgan.

«Raqamli texnologiyalar sohasidagi işlarning aksari dunyoning istalgan nuqtasidan işlaşga imkon beradi. Farzandingiz töğridan töğri uydan turib jahonning yetakçi kompaniyalarida işlaşi mumkin böladi. Bugun mamlakatimizda 10 mingdan ziyod dasturçilar masofadan turib AKT bozorida xizmat körsatmoqda. Ularni rağbatlantiriş tizimi takomillaşuvi ortidan 2030 yilgaça bu raqamning 30 mingga yetişi kutilmoqda», — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinişiça, bugungi kunda 2 ming nafar davlat xizmatçisi xalqaro darajadagi IT sertifikatlarni qölga kiritgan, buning uçun ularga qöşimça oylik ustama joriy qilingan.