Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent 8 kun mobaynida yirik boks bayramiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston Respublikasida joriy yilning 30 aprel – 7 may kunlari yana bir yirik xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi. Toshkent shahri Xalqaro boks assotsiatsiyasi – AIBA musobaqalar taqvimiga kiritilgan qit'a miqyosidagi eng nufuzli turnirga mezbonlik qiladi.
“O‘zbekiston” universal sport majmuasida bo‘lib o‘tadigan janglarda Osiyo boks konfederatsiyasi – ASBC tashkilotiga a'zo Osiyoning 29 mamlakatidan kelgan 200ga yaqin bokschilar qit'ada eng nomdor bokschi nomi uchun kurash olib borishadi.

Shu munosabat bilan, 29 aprel kuni International mehmonxonasida musobaqa tashkilotchilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda ASBC prezidenti Serik Konakboyev, vitse-prezidenti Sherzod Toshmatov, supervayzor Narsi Kishen Mangaldas va O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov ishtirok etishdi.


Xalqaro boks qoidalari binoan janglar 10ta – 49, 52, 56, 60, 64, 69, 75, 81, 91 va +91 kg vazn toifalarida o‘tkaziladi. Ta'kidlanishicha, bu yilgi Osiyo chempionati qit'a bokschilari uchun muhim ahamiyatga ega. Musobaqada ishtirok etadigan bokschilar medallar uchun kurashishdan tashqari shu yilning 23 avgustidan – 4 sentabrigacha Germaniyaning Hamburg shahrida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun bahs olib borishadi.
Osiyo qit'asi bokschilari uchun yagona saralash turniri bo‘lgan yagona saralash turnirida har bir vazn toifasidan 6 nafardan eng kuchli bokschi – jami 60 sportchi Jahon birinchiligida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Shunga ko‘ra, ishonch bilan aytish mumkinki, boks muxlislari turnir saralash bosqichidan murosasiz janglarga guvoh bo‘lishadi.
Chempionatda O‘zbekiston, Xitoy, Hindiston, Eron, Iordaniya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Shri-Lanka, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Malayziya, Butan, Livan, Nepal, Falastin, Qatar, Singapur, Tayland, Indoneziya, Filippin, Yaponiya, Tayvan, BAA, Iroq hamda Suriya boks terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.
Musobaqalarni 19 nafar hakamlar boshqaradi. Musobaqalar turli homiy kompaniyalar va tashkilotlardan tashqari, Kun.uz va Sports.uz sayti, UzreportTV hamda Sport telekanallari axborot ko‘magida tashkil etilmoqda.

Tahririyatimiz barcha boks muxlislarini O‘zbekiston terma jamoasini faol qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi va bokschilarimizga omad tilaydi.
Mavzuga oid
20:13 / 29.12.2025
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua Nigeriyada jiddiy avtohalokatga uchradi
23:11 / 13.12.2025
O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini ikki oltin va to‘rt kumush medal bilan yakunladilar
19:35 / 13.12.2025
Hasanboy Do‘smatov ikki karra jahon chempioniga aylandi
19:34 / 28.11.2025