09:29 / 04.05.2018
17327

AQShda “gravitatsion” yadro bombasining muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani ma'lum qilindi  

Foto: Military.com

AQSh harbiy-havo kuchlari “gravitatsion” yadro bombasi B61-12’ni sinovdan o‘tkazgan. Bu haqda Military.com portaliga AQSh qurolli kuchlarining yadroviy qurollarni strategik bostirish va integratsiya qilish shtabi boshlig‘i o‘rinbosari, general Jyek Vaynshteyn  ma'lum qilgan.

“Biz 26 ta muhandislik, sozlash va parvoz sinovlarini o‘tkazdik. Dastur yaxshi ketmoqda”, deb aytgan Vaynshteyn. Uning aytishicha, modernizatsiya qilingan bombalar avvalgi 11-modifikatsiyadagi bombalardan 3 marta aniqroq bo‘ladi. 

Sinov vaqtida qanday samolyotlardan foydalanilgani ma'lum qilinmagan. Portalning ma'lum qilishicha, yangi qurol 5-avloddagi F-35 Lightning II qiruvchi samolyotlari bilan mos kelishi kerak. Bombalarning ilk partiyasi 2020 yilda yetkazilishi kerak. Aviabombalarni AQShning Yevropa davlatlari – Germaniya, Italiya, Turkiya, Belgiya va Niderlandiyadagi bazalarida joylashtirish rejalashtirilgan. 

Ta'kidlanishicha, B61-12 yadro bombasi o‘ta mustahkamlangan yer osti inshootlarini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.

Top