ID-karta yoki haydovchilik guvohnomasi yordamida bank xizmatidan foydalanish mumkin – MB
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qarori 2021 yil 26 yanvarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan 7ta normativ-huquqiy hujjatga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, unda fuqarolar pasporti bilan bir qatorda identifikatsiya ID-karta yoki milliy haydovchilik guvohnomasidan foydalangan holda bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkinligi belgilandi.
Markaziy bank axborot xizmatining xabar berishicha, normativ-huquqiy hujjatga kiritilgan tegishli o‘zgartirishlar natijasida bank va mijoz o‘rtasida shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma'lumotlarini taqdim etish bilan bog‘liq masalalar hal qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 22 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID–kartalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan 2021 yildan boshlab identifikatsiya ID-kartalarini berish tizimi joriy etilgan.
Shu bilan birga, 2017 yil 19 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ichki ishlar organlari tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirish va tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 6-bandiga asosan yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga shaxsni tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomi berilgan.
Mavzuga oid
21:59 / 31.10.2024
Toshkentda «prava» olish uchun imtihon narxi oshgani rad etildi
13:58 / 25.10.2024
«Poytaxtbank» BAA kompaniyasi ixtiyoriga o‘tdi
21:13 / 21.10.2024
Rossiyada bankning sobiq rahbari o‘ziga 3 mlrd rubl kredit ajratib, Monakoga qochib ketdi
11:30 / 17.10.2024