Britaniyaning eng yirik banki Rossiyadan to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatdi
Britaniyaning eng yirik banki HSBC Rossiya va Belarusdan to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatishini e’lon qildi.

Foto: AFP
Reuters agentligining xabar berishicha, bank mijozlariga bildirishnomalar yuborib, endi taqiq jismoniy shaxslar uchun ham tatbiq etilishi va ushbu mamlakatlardan keladigan har qanday pul o‘tkazmalariga nisbatan amal qilishini ma’lum qildi.
HSBC 2022 yilning yozidan boshlab Rossiya kompaniyalari uchun to‘lov xizmatlarini cheklagan edi. Bu cheklovlar bankning Hongkong filiali orqali Osiyo davlatlari bilan operatsiyalar olib boruvchi Rossiya kompaniyalarga taalluqli bo‘lgan. Amerika Qo‘shma Shtatlari amaldorlari sanksiya ostidagi tovarlarni Hongkongdagi rossiyaliklarga yetkazib berishni to‘xtatishni talab qilgach, bu choralar joriy qilingan edi.
Bank yangi taqiq joriy etilishining aniq sabablarini oshkor qilmagan. Biroq bu qaror AQShning Rossiyaga qarshi moliyaviy sanksiyalarni kuchaytirganidan bir kun o‘tgach qabul qilingan. AQShning yangi sanksiyalarda Rossiyaning Gazprombank va yana 50 banki «qora ro‘yxat»ga kiritilgan edi.
AQSh Moliya vazirligi o‘z relizida Rossiyada yaratilgan «SWIFT muqobili» — Rossiya Markaziy bankining Moliyaviy xabarlarni uzatish tizimi (SPFS) bilan hamkorlik qiluvchi barcha xalqaro moliyaviy tashkilotlarni mumkin bo‘lgan oqibatlardan ogohlantirgan. Yevropa Ittifoqi bu tizimga qarshi sanksiyalarni 2024 yilning yozida joriy qilgan edi. Rossiya Markaziy bankining ma’lumotiga ko‘ra, tizimga 20 ta mamlakat banklari qo‘shilgan, biroq AQSh Moliya vazirligi bu tizimning sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun ishlatilayotganini ta’kidlagan.
Urushdan avval HSBC Rossiyada o‘zining filialiga ega bo‘lgan va bir vaqtlar bank AQSh hukumati tomonidan juda ko‘p tekshiruvlarga uchragan. Qo‘shimcha qilinishicha, bank ilgari Meksikadagi filiali orqali pul yuvishda ayblangan va 2 milliard dollar jarimaga tortilgan.
2022 yilning may oyida HSBC Rossiyadagi biznesini yopishini e’lon qildi. Ortidan ikki yil o‘tib, bank o‘zining Rossiyadagi filialini Ekspobankka sotgan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00
-
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shug‘ullanadi?
O‘zbekiston | 14:44
-
Sumi viloyati chegara hududlaridan aholining 60 foizi evakuatsiya qilindi
Jahon | 14:35
-
Amerika ta’limi O‘zbekistonda: Toshkent shahridagi Vebster universiteti 2025 yil kuzgi qabulini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 14:30
Mavzuga oid

10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi

13:15 / 13.05.2025
Londonda olti bolgar Rossiya foydasiga josuslik qilganlik uchun qamaldi

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025