Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bank xizmatlari orqali mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yil uchun asosiy rejalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda mahallalar darajasida hokimlar banklar bilan hamkorlikda ishlashi zarurligi qayd etildi. Ular mahallalarda 4 ta tajribani kengaytirib, odamlar daromadini oshirish bo‘yicha birgalikda ishlaydigan tizim bo‘ladi.
Bunda tuman banklari mijozbay ishlab, tadbirkorlar loyihalariga ko‘maklashadi, ularning muammolarini joyida hal etadi, tuman hokimlari esa loyihani joy va infratuzilma bilan ta’minlash majburiyatini oladi.
Yig‘ilishda tumanlarda mahalla bankirlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi qo‘llab-quvvatlandi. Mahalla bankirlari mahallaning biznes imkoniyatlarini o‘rganadi, odamlar bilan gaplashib, ularning g‘oyalarini loyihalarga aylantiradi. Aholini kredit olish, qaytarish, biznes ochish, mahsulotini sotishga o‘rgatadi, loyihalarga hamrohlik qiladi.
Prezident banklarni o‘ylantirayotgan qator masalalar borligini ta’kidlab, ularning yechimiga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi. Xususan, banklar balansida 3 mingta harakatsiz mulk bor. Banklar ulardan tezroq qutulsa, qo‘shimcha resurs va 150 mingta ish o‘rni yaratish uchun zaxira paydo bo‘ladi.
Shu bois, banklarga harakatsiz mulklarni bozor qiymatida to‘g‘ridan to‘g‘ri sotishga ruxsat berilishi belgilandi. Shuningdek, banklar bu mulklarni daromadli biznesga aylantirib, tayyor holda investorga sotadigan tizim yaratiladi.
Mustahkam huquqiy asos yaratilgani uchun joriy yilda 5,5 trillion so‘mlik mikromoliya va faktoring xizmatlari ko‘rsatildi. Endi har bir davlat banki o‘zining mikromoliya va faktoring kompaniyasini ochib, unga xorijiy investorlarni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bunda banklar resurslarni qarzga emas, investitsiya sifatida olib kelmoqchi. Kelgusi yilda mikromoliya va faktoring kompaniyalari orqali 10 trillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi.
Aniqlangan imkoniyatlarni natijaga aylantirish uchun banklar mustahkam moliyaviy resursga ega bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Davlat mablag‘lari qatorida tashqi manbalardan ham resurs jalb qilish zarurligi qayd etildi.
Buning uchun har bir bankda chet eldan mablag‘ olib keladigan ishchi guruh tuzish, xorijiy banklar bilan tizimli ishlab, chet elda roud-shoular o‘tkazish, yevrobond chiqarish, bank reytingini yaxshilash va xalqaro standartlarga moslashish dolzarb ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Oxirgi 5 yilda kichik va o‘rta biznesning kredit portfelidagi ulushi 40 foizdan 28 foizgacha pasaygani ko‘rsatib o‘tildi. Bunday kreditlar ulushini 40 foizga yoki 120 trillion so‘mga yetkazish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
Umuman, yirik loyihalarni kichik biznes hisobidan moliyalashtirish amaliyotiga chek qo‘yish vaqti kelgani qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pokiston - Hindiston havo jangi tarixdagi eng yiriklaridan biri bo‘ldi
Jahon | 17:04
-
HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?
Jamiyat | 17:00
-
Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi «Millat fidoyilari» xiyobonida bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:33
-
Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 16:01
Mavzuga oid

16:33
Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi «Millat fidoyilari» xiyobonida bo‘ldi

15:13
“Hammamiz vatan himoyasiga har kuni tayyor bo‘lishimiz kerak” – Shavkat Mirziyoyev

19:13 / 07.05.2025
«Tibbiyot xodimlari sonida va sohani moliyalashtirishda muammo yo‘q. Lekin sifat bo‘yicha e’tirozlar juda ko‘p» - prezident

18:17 / 07.05.2025