O‘zbekiston | 08:44 / 09.06.2022
11064
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda rahbarlik lavozimi uchun kadrlar zaxirasiga kimlar kiritilishi ma’lum bo‘ldi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova AOKAda o‘tkazilgan brifingda milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

Foto: Getty Images

Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Nomzodning salohiyatini baholash test sinovlari, “360 daraja” o‘rganish va assessment usullarini o‘z ichiga oladi.

Rahbarlik lavozimlari uchun kadrlar zaxirasini shakllantirishda: 

turli sohalarda samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yuqori malakali, yetakchilik xususiyati va boshqaruv ko‘nikmalariga ega tashabbuskor kadrlar; 

mehnat faoliyati natijalariga ko‘ra mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari;

tashabbuskor va islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi yoshlar va mahallalardagi yoshlar yetakchilari; 

istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovi g‘oliblari; 

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Bildirilishicha, agentlik Davlat boshqaruvi akademiyasi va yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda zaxiraga olingan shaxslar uchun muntazam ravishda vebinar (ma’ruza), amaliy mashg‘ulot va seminar-trening shaklidagi maxsus o‘quvlarni hamda hududdagi rahbarlarga biriktirgan holda dublyorlik asosida stajirovkalarni tashkil etib bormoqda.

 

Mavzuga oid