Hukumat qarori bilan “Yilning eng namunali mahalla yoşlar yetakçisi” tanlovini taşkil etiş va ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Tanlov 10 ta yönalişda mahalladagi yoşlar yetakçisi lavozimida kamida bitta mahallada 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan, amaliy iş tajribasiga ega mahalladagi yoşlar yetakçilari örtasida ötkaziladi.
Tanlovning, jumladan, “Huquqbuzarlik sodir etişga moyilligi bölgan va jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan yoşlar bilan tizimli işlagan eng namunali mahalla yetakçisi” yönalişida içki işlar organlari tomonidan yoşlar jinoyatçiligini ötgan davrdagiga nisbatan joriy yilda kamaygan deb topilgan mahalla yetakçilari qatnaşadi.
Har yili 5 sentabrgaça Yoşlar işlari agentligi rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida tanlov ötkazilişi töğrisida e’lon beriladi. Röyxatdan ötiş har yili 5–30 sentabr kunlari bölib ötadi.
Tanlovning: tuman (şahar) bosqiçi – oktyabr oyida, hududiy saralaş bosqiçi – noyabr oyida, respublika final bosqiçi – dekabr oyining birinçi ön kunligida ötkaziladi.
Respublika bosqiçi ğoliblari quyidagi imtiyozlarga ega böladi: yuqori lavozimga tayinlaş uçun kadrlar zaxirasiga kiritiş, rivojlangan xorijiy davlatlarning sohaga oid ta’lim taşkilotlariga malaka oşirişga yuboriş.
Ğoliblar “Mahalla iftixori” kökrak nişoni bilan taqdirlaşga tavsiya etiladi.













