Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizm sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tashkil qilinadi
Restavratorlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish markazi negizida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Turizm sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tashkil qilinadi.
“Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2025-2026 o‘quv yilidan Samarqand shahridagi Xalqaro turizm akademiyasida mehmonxonalar va restoranlar uchun yuqori malakali xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
2025 yil 1 martgacha “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi professional ta’lim muassasalariga xalqaro darajada tan olingan ta’lim dasturlarini “franshiza” asosida joriy etish choralari ko‘riladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
- 2024-2025 o‘quv yiligacha turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalari bo‘yicha oliy ta’lim dasturlarini jahon reytingida birinchi 100 talikka kiruvchi nufuzli OTM ta’lim dasturlari asosida qayta ko‘rib chiqadi;
- turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalariga oid oliy ta’lim yo‘nalishlarining dual ta’lim shakli bo‘yicha Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg‘unlashgan yangi malaka talablari hamda ta’lim dasturlarini ishlab chiqadi;
- belgilangan OTM huzurida shartnoma asosida arab, yapon, xitoy, hind, ispan, italyan, koreys, urdu, indonez va malay tillarida xizmat ko‘rsatuvchi gid-tarjimonlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha kurslarni tashkil etadi.
Restavratorlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish markazi negizida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Turizm sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tashkil qilinadi.
Mavzuga oid
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
21:07 / 28.05.2026
Shveytsariya eng qimmat mamlakat maqomini boshqa davlatga boy berdi
18:32 / 27.05.2026